Kolumbiyadagi qamoqxonada o‘nlab mahbuslar halok bo‘ldi
Kolumbiyadagi qamoqxonalardan birida sodir etilgan tartibsizliklar oqibatida 49 nafar mahbus halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlangan.
"Lenta.ru" ning mahalliy "Caracol Radio" radiokanali ma’lumotiga asoslangan xabariga ko‘ra, hodisa 28 iyun – seshanbaga o‘tar kechasi Tulua shahridagi jazoni ijro etish muassasasida sodir bo‘lgan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda 1 267 nafar mahkum saqlanayotgan qamoqxonada sodir etilgan tartibsizlik sabablari o‘rganilmoqda. Mamlakat prezidenti Ivan Duke jinoyat yuzasidan tergov o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.