Kolumbiya sudi tomonidan mamlakat sobiq yetakchisi Alvaro Uribe dalilni soxtalashtirish va protsessual firibgarlik qilmishi bo‘yicha aybdor, deb topilib, 12 yillik uy qamog‘iga hukm qilindi. Endi u belgilangan muddatni uyidan chiqmay o‘tkazadi. Ayni qaror “Caracol” radiostansiyasi e’lon qilgan sud hujjati matnida aks etgan.
— Shuningdek eng kam oylik ish haqining 2420,5 barobari miqdoridagi jarima va 100 oy 20 kun davlat lavozimida ishlashga taqiq hukmi ham chiqarildi, — deyilgan mahkama xulosasida.
2002-2010 yillari Kolumbiya Prezidenti lavozimida ishlagan Uribe mamlakat tarixidagi eng nufuzli siyosiy arboblardan biri sanaladi. Unda sud qarori ustidan apellyatsiya instansiyasiga shikoyat kiritish huquqi bor.