Bugungi kunda Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasiga qarashli kollektorlar sohili bo‘ylarida 317,7 gektar maydon mavjud bo‘lib, ushbu yer maydonlarning 16,4 gektarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘lar tashkil qilingan.

Bundan tashqari, tumandagi kollektor bo‘ylarining 12,1 gektar yer maydonlari aholi tomonidan ijaraga olingan. Mazkur maydonlarda har-xil turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

Shuningdek, kollektor bo‘ylarining 1,18 gektarida tadbirkorlar tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilib, ulardan samarali foydalanib kelinmoqda.

Ana shunday tabirkorlardan biri Rustam Mirzayev Navbahor tumanining “Shabada irmoq-5-3” kollektorining sohil bo‘yi hududidan 36 metr maydonni ijaraga olib, “Durdonaxon Rustamovna” oilaviy korxonasini tashkil qildi. Ayni paytda tadbirkor tomonidan ushbu hududda qurilish materiallari, xususan, shlakoblok ishlab chiqarish sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda korxona tomonidan kuniga 500 dona shlakoblok ishlab chiqarilmoqda.  

Hozirgi kunda mazkur oilaviy korxona tomonidan 4 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollektorlar atrofidan samarali foydalanilmoqda