Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar yetakchilari Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sessiyada Kollektiv tezkor kuchlarini zamonaviy qurollar bilan ta’minlash rejasini tasdiqlashdi, deyiladi sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan deklaratsiyada.

Ishtirokchilar shuningdek, harbiy politsiya, harbiy tergov, harbiy prokuratura va sud tashkil qilish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

Xabarda aytilishicha, tashkilotning birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorovning vakolati ham yana uch yilga uzaytirilgan.

Bundan tashqari, tashkilot a’zolari Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat sharoitida Markaziy Osiyoda cheklangan qo‘shinlarni tezkor joylashtirish rejasini ham aniqlab olishdi. Ular janubiy chegaralarni himoya qilishga va’da berishdi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo hisoblanadi.

Kollektiv xavfsizlik kengashining keyingi sessiyasi shu yilning oxirida Yerevanda bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qo‘shma deklaratsiya qabul qildi