Mamlakatimizdagi ilk osmono‘par bino – “Nest One” qurilishi yakunlandi. Shu munosabat bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “Murad Buildings” qurilish kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov, Turkiyaning “Ozguven” kompaniyasi asoschisi Ozgur Onur Ozguven va boshqalar so‘zga chiqib, mazkur ulkan loyihaning amalga oshirilish jarayonlari va uning ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.  

Qayd etilganidek, ushbu muhtasham “Nest One” binosi qurilishi 2019 yilda boshlangan. O‘tgan to‘rt yilga yaqin davrda ushbu hudud chinakam qurilish maydoniga aylandi va bu yerda osmono‘par majmua barpo etildi. 1000 dan ziyod mahalliy va xorijlik quruvchining ulkan mehnatidan bunyod etilgan ushbu yirik majmuaning uzunligi 267 metrni tashkil etmoqda.  

Qurilishi yakunlangan mazkur zamonaviy, ko‘rkam va osmono‘par majmua bugun o‘zining istiqomat qiluvchi fuqarolari va foydalanuvchilariga katta ishonch bilan eshigini ochmoqda. Ahamiyatlisi, majmua alohida ekotizim o‘laroq o‘ylangan bo‘lib, shaharning ajoyib manzarasi namoyon bo‘luvchi premial xonadonlar, ofislar va 33 ta jamoat hududi, xususan, do‘konlar, restoranlar, bolalar maydonchalari, qishki bog‘, dam olish va sport bilan shug‘ullanish hududlarini o‘zida jamlaydi. Yana bir e’tiborli jihati shuki, majmuadan o‘rin olgan turar-joy binosi ellik qavatdan ziyod bo‘lib, uning balandligi 267 metrni tashkil etgani bilan O‘zbekistonda yagonadir.  

Matbuot anjumanida “Murad Buildings” qurilish kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov ushbu yirik loyihaning yakunlaganidan quvonchi cheksiz ekanligini bildirar ekan, ushbu ulkan “Nest One” qurilishi oson kechmaganligi, loyihani tatbiq etishda hukumatimiz va Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi katta kuch-rag‘bat bag‘ishlanganiga alohida urg‘u berdi.  

– Ushbu loyihaning yakunlagani hammamizga muborak bo‘lsin. Uni biz hammamiz birgalikda qurdik. Birgalikda maqsadimizga erishdik. Men unda shu sohani va loyihani ko‘proq bilguvchi, har qanday murakkabliklarda javob berguvchi mas’ul shaxs sifatida bo‘ldim. 2017 yilda davlatimiz rahbari tomonidan loyihaning g‘oyasi bo‘yicha tashabbus bildirilgan edi. Ushbu loyihani tatbiq etishda taklif etildim va uni bajarishga ahd qildik. Albatta, buni bajarish oson emasligini tushunganman. Lekin birgalikda qilishga ishonch bildirganman. Xalqimizning va Prezidentimizning ishonchi, qator tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi, mijoz va hamkorlarimizning yordami bilan mazkur loyiha amalga oshirildi, –dedi M.Nazarov.  

[gallery-14635]

Qayd etilganidek, osmono‘par binoni bunyod etishda barcha ishlatilgan materiallar va yechimlar jiddiy asosga va murakkab muhandislik hisob-kitoblariga ega. Imoratda eng so‘nggi jahon texnologiyalari qo‘llanilgan va bugungi kunda dunyodagi eng xavfsiz osmono‘par binolardan biri sanaladi. Yong‘in xavfsizligi barcha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda loyihaga kiritilgan. Binoning tashqi fasadi o‘tga chidamli materiallardan qilingan. Ichkarida eng zamonaviy tutun sezish tizimi o‘rnatilgan, sezgir datchiklar tufayli u sanoqli soniyalarda muammo haqida signal yo‘llaydi va yong‘inga qarshi himoya tizimini ishga tushirishga buyruq beradi. Evakuatsiya yo‘llari ventilyatsiya tizimining oqilona rejalashtirilgani va makonning germetikligi tufayli tutun to‘lib qolishidan puxta himoyalangan. Binoda yong‘inga qarshi liftlar, avariyaviy yoritish tizimi ko‘zda tutilgan, avariyaviy elektr energiyasi generatorlari o‘rnatilgan.  

Turkiyaning “Ozguven” kompaniyasi asoschisi Ozgur Onur Ozguven ham ishtirokchilarni ulkan loyihaning yakunlangani bilan qutladi.  

– Ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayonida biz ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uch marotaba uchrashdik va qurilish tafsilotlari haqida ma’lumot berib bordik. Bugun to‘rtinchi bor esa “Nest One” qurilishi yakunlagani munosabati bilan yana muloqot qilyapmiz. Biz loyihani katta orzu bilan boshlagan edik va uni hammaning yordami bilan amalga oshirdik. Loyihaning texnologik jihatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u jiddiy va murakkab muhandislik hisob-kitoblari asosida qurilgan. Imoratda eng so‘nggi jahon texnologiyalari qo‘llanilgani bilan dunyodagi eng xavfsiz osmono‘par binolardan biri hisoblanadi, – dedi Ozgur Onur Ozguven.  

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “All Inclusive” xizmatlar konsepsiyasi asosida bunyod etilgan binoda jami 1029 ta xonadon va 29 ta tezyurar lift mavjud. 20 ta VIP-xonadon shundoqqina bulutlar ostida, 41- va 50- qavatlar oralig‘ida joylashgan. 1- qavat kirish guruhi va tijoratga, 28-qavatida sport mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, majmuaning ikkinchi va uchinchi qavatlarida yopiq suv havzasi va fitnes-markaz, qishki bog‘, bir nechta bolalar o‘yin maydonchalari, kinozal mavjud. 44-, 48- va 52- qavatlar esa betakrorligi bilan kishini yanada maftun etadi.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘kka bo‘y cho‘zgan fusunkor va ko‘rkam majmua