Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova sohaning tegishli mas’ullari bilan Uchtepa tumani “Ko‘kcha Oqtepa” mahallasidagi kasb-hunar kolleji binosida ochilishi mo‘ljallanayotgan tuman “Ayollar maslahat markazi”da bo‘ldi.

Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 7 ta xona ajratilgan. Ular zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, zaruriy jihozlar bilan ta’minlanmoqda.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari “Qor yog‘di” mahallasida bo‘ldi. Bu yerda  mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va o‘rinbosarlari bilan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jaddallashtirish yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish muhimligiga e’tibor qaratildi.

 Shu bilan birga ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashga oid ishlar samaradorligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash borasidagi  islohotlarni izchil davom ettirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Ma’rufova o‘ta dolzarb hisoblangan “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi bo‘yicha ro‘yxat shakllantirishda hech bir ehtiyojmand ayol e’tibordan chetda qolmasligi kerakligini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida xotin-qizlar tomonidan eng ko‘p bo‘layotgan murojaatlar, ya’ni uy-joy, aliment, ajrim va uning oldini olish masalalari bo‘yicha ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Ularni hal etish yo‘llari belgilandi.

O‘zA
 
Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ko‘kcha Oqtepa” mahallasida “Ayollar maslahat markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi