Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida ham ko‘chat ekish va uni parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, fuqarolar yig‘inlarida bo‘sh yer maydonlarida, fuqarolar yig‘inlari hududida daraxtlar ekish, xayriya tashabbuslarni amalga oshirish, hududlarda ariq va lotoklarni tozalash, daraxt ko‘chatlariga ishlov va shakl berish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

–Mazkur xayrli ishlar jamoamiz tomonidan har tomonlomaqo‘llab-quvvatlanmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ellikqal’a tumani bo‘linmasi raisi Bahrom Yuldashev – Tumandagi 150 ta ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilaga fond hisobidan 2 mingta mevali daraxt hamda 400 tupdan ortiq hosildorligi yuqori bo‘lgan tok ko‘chati beg‘araz tarqatildi.

Tumanning barcha fuqarolar yig‘inlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA