Yaqin yillarda fazoshunoslar ekzo sayyoralar guruhi haqida yetarli ma’lumot to‘playdi va hayot faqat Yerdami, ushbu ekzo sayyoralarning atmosferasi bormi kabi masalalarga oydinlik kiritadi.

“Newsweek” nashri yozishicha, NASA xodimlari «Jeyms Uebb» koinot teleskopi yordamida tubsiz fazoning hayot mavjudligi ehtimoli yuqori joylarini o‘rgana boshladi. Yulduzlar tizimidagi ushbu ekzo sayyoralar guruhi “TRAPPIST-1” tarzida ifodalanadi.

Ekzo sayyoralarni o‘rganishdan maqsad nima?

Koinotshunoslar yig‘ayotgan Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoralar guruhi haqidagi ma’lumotlar boshqa hayot kechirsa bo‘ladigan sayyoralar ham mavjudmi, degan savolga javob topishi kerak.

Yaqinda NASA xodimlari namoyish qilgan lavhalar orasida Koinotning eng chuqur infra qizil tasvirlari ham bor.

"Bu Jeyms Uebb teleskopi orqali olingan ilk, hozircha koinotni eng yorqin va aniq infra qizil tasviridir", - deyiladi NASA tarqatgan xabarda. Foto-jamlanmada to‘plangan “SMACS 0723” galaktikasi ob’ektlari 4,6 milliard yil avval qanday bo‘lsa, shundayligicha turgani aks etgan.

Teleskop ma’lumot olishda davom etyapti, faktlar hali qayta ishlanishi lozim.

Zamonaviy texnologiya yordamida ilmiy kuzatuv olib borish imkoni paydo bo‘lishi bilanoq, astronomlar “TRAPPIST-1”ning tizimli sayyoralarga ega yolg‘iz yulduzlarini o‘rgana boshladi. Masalan, Quyoshdan, taxminan, 39 yorug‘lik yili masofasida joylashgan bir mitti qizil sayyora, 2017 yili kashf etilgandan buyon astronomlarni qiziqtirib keladi.

“TRAPPIST-1” tizimida Yer kattaligidagi, kamida, yettita toshga aylangan ekzo sayyora aniqlangan. Dastlabki tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ayrim sayyoralarda harorat, farazan, suv mavjud, deyishga asos bo‘ladigan darajani qayd etishi ehtimoli bor.

«Yer iqlimiga yaqin boshqa sayyoralar esa juda uzoq masofada joylashgan yoki atrofida yulduz ko‘pligi o‘rganishga xalaqit beradi», - deydi ekspert Jyulen de Vit.- Shunday ekan, atmosferadagi boshqa Yerga o‘xshash, o‘zlashtirsa bo‘ladigan sayyoralarni kuzatish uchun bizda yagona oyna bor. 

Ushbu sayyoralar nimasi bilan muhim?

«Biz javob qidirayotgan savol shuki, “O‘sha tomonlarda atmosfera bormi o‘zi yoki yo‘q?”. Atmosfera bo‘lsa, bu yanada qiziq», - deydi “TRAPPIST-1” tizimini topgan koinotshunoslar guruhiga rahbarlik qilgan, Lej universiteti ekzo sayyoralar tadqiqotchisi  Mikael Giyon.

"Jeyms Uebb" koinot teleskopi 2021 yil dekabrda fazoga uchirilgan. NASA, Yevropa va Kanada koinot agentligi hamkorligida amalga oshirilgan, taxminiy qiymati 10 milliard dollarni tashkil etgan mazkur loyiha ustida 30 yil avval ish boshlangan.

Umuman, ekzo sayyora nima degani? 

«Ekzo sayyora» so‘zidagi «ekzo» tushunchasi “tashqarida” ma’nosini bildiradi. Demak, ekzo sayyoralarning bari Quyosh tizimidan sirtda. Ko‘pchilligi, xuddi, Yerdek o‘z yulduzi atrofida aylanadi, ayrimlari bir yulduz orbitasiga bog‘langan.

Kashf qilingan ekzo sayyoralarning ko‘pchiligi Galaktikamizning bir hududida, ya’ni somon yo‘li ichida to‘plangan. Olimlar qudratli teleskoplar yordamida sayyoralarning katta-kichikligini, tarkibi va yuzasini o‘rganadi. Kashf qilingan ekzo sayyoralarning aksariyati Quyosh tizimi sayyoralarida mavjud unsurlardan tarkib topgan. Faqat kombinatsiyasi, nisbati bo‘yicha farq qiladi. Ya’ni, ayrimlarida suv yoki muz ko‘p, boshqalarida temir va uglerod. Yer yoki Quyosh tizimidagi boshqa jismlarga to‘g‘ri keladigan biror sayyora yo‘q.

Ekzosayyora ilk bor 1992 yil aniqlangan. Shundan buyon astronomlar minglab sayyoralarni aniqlashdi va bu jarayon davom etyapti. Cheksiz koinotdagi yangi jismlarni Yerdan turib topish oson emas. Bunga yetarli darajada kuchli teleskop yo‘qligi yoki manzarani yulduzlar yoki boshqa sayyoralar bekitib turishi sabab. Qachonki, olimlar koinotga robotlashtirilgan teleskopni Yerdan koinotga uchira oladigan texnologiyasiga ega bo‘lsa va shunday qurilmalar bizga ma’lumot yetkazib tursa, aniqlangan osmon jismlari soni ikki barobar ko‘paygan bo‘lardi. To‘g‘ri, teleskoplarning bir qismi, allaqachon, koinotga uchirilgan.

Ekzo sayyoralar turi haqida

Galaktikamizda 100 milliarddan ko‘p yulduz bor. Har bir yulduz atrofida, kamida, bir sayyora aylansa, ayrim ekzo sayyoralar sonini astronomik raqam bilan hisoblashga to‘g‘ri keladi. Olimlar har bir yulduzning o‘z tizimi borligini, ayni tizimga bir yo‘la bir necha sayyora kirishi mumkinligini ham ta’kidlashadi. Agar, shunday bo‘lsa, birgina Somon Yo‘lidagi ekzo sayyoralar soni trilliontaga yetishi mumkin. Tubsiz koinotdagi sayyoralar sonini astronomik son bilan o‘lchash va natijani chiqarish tasavvurimizga ham sig‘maydi, shunday emasmi?

Internet materiallari asosida S.Rahimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koinotda yolg‘izmizmi?