Navro‘z bayrami kunlari belgilangan chegirmalardan foydalanib 200 ming nafardan ortiq sayyoh ko‘hna va boqiy Buxoroga tashrif buyurdi.

— Bunda, mahalliy sayyohlar soni 180 ming nafarni, xorijiy sayyohlar soni 40 ming nafarni tashkil etdi, – deydi viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bobir To‘xsanov. – bugungi kunda viloyatdagi joylashtirish vositalaridagi nomerlar fondining bandlik darajasi 100 foizga yetkazilib, xizmatlar sohasida turizmning ulushi keskin oshdi. Aytish joizki, Buxorodagi joylashtirish vositalari bir kunga 13 ming nafardan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Yildan-yilga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni oshib borishi evaziga yangi va zamonaviy mehmonxonalarga talab ham ortmoqda. 2023 yil 1 yanvaridan bugungi kunga qadar viloyatga 761,1 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bunda, tashrif buyurgan mahalliy sayyohlar 631,7 ming nafarni tashkil qilib, viloyatlar o‘rtasida tahlil qilinganda Samarqand 72,4 ming nafar, Farg‘ona 65,9 ming nafar, Qashqadaryo 64,5 ming nafar, Namangan 54,7 ming nafar, Toshkent shahri 52,2 ming nafar sayyoh bilan yetakchilik qilmoqda.  

[gallery-11115]

Dunyoning 101 davlatidan 129,4 ming nafar xorijiy sayyohlar Buxoroga sayohat qildi. Eng ko‘p tashrif Rossiyadan 30,4 ming nafar, Qozog‘istondan 4,9 ming nafar, Turkmanistondan 2,7 ming nafar, Tojikistondan 2,5 ming nafar va Turkiyadan 2,3 ming nafarni tashkil etdi.  

2023 yil may-iyun oylarida “II xalqaro Maqom festivali” va XX an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkaziladi. O‘z navbatida sayyohlarga zarur xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida 13 ming 179 o‘rinli 489 katta-kichik mehmonxonalar, 390 ta gid-ekskursovodlar, 288 turistik transport vositalari, 108 restoran shay holatga keltirilgan.  

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘hna va boqiy Buxoroga Navro‘z kunlari 200 ming nafardan ziyod sayyoh kelgan