Yurtimizda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tizimda yuzaga kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2022 yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Olimov O‘zA muxbiriga Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan quyidagilarni gapirib berdi:

– Ushbu qonun yer uchastkalari, binolar, inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarga, mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi. Ammo ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mulk egasi huquqini qonun bilan mustahkamlab qo‘yadi. Qonunga asosan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalari hamma uchun ochiq bo‘lib, albatta, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mustasno.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan – mulk, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara, ikkilamchi ijara, xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish, bepul foydalanish huquqlari, renta, ipoteka, servitut yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Yana bir asosiy jihat shundaki, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish monitoringi natijasida aniqlangan qonunchilik talablariga rioya etilmagan hollarda Komissiyaga murojaat qilinadi. Komissiyaning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchining xulosasidan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs Komissiyaning xulosasi olingan kundan e’tiboran ikki oy muddatda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. Shikoyat esa Apellyatsiya komissiyasi tomonidan o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Mazkur qonun 74 moddadan iborat bo‘lib, rasman 2023 yilning 1 mart sanasidan kuchga kiradi.

O‘zA muxbiri Abduvali Bo‘riyev yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq