Joriy yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning mazmun-mohiyati va maqsadlari qanday? Umuman, ko‘chmas mulkning haqiqiy qiymatini kim belgilaydi? Shular xususida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid MIRMAQSUDOV bilan suhbatlashdik.

– Mazkur farmon imzolanishining asosiy sababi ko‘chmas mulk ob’ektlarining qiymatini aniq belgilash va uni bozor narxiga yaqinlashtirish zarurati bo‘ldi, – deydi M. Mirmaqsudov. – Bu tizim fuqarolar va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Maqsadlari esa respublikada mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar hamda 7 millionga yaqin yer uchastkalarining qiymatini iqtisodiy aktiv sifatida belgilash, ko‘chmas mulkning bahosini soliq solish, oldi-sotdi, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa huquqiy masalalar bo‘yicha hisobga olishdir. Bundan tashqari, ko‘chmas mulk bozoriga oid to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda soliqqa tortishda adolat tamoyillarini ta’minlash ham ayni farmonda alohida qayd etilgan.

– Buni amalga oshirish tizimi qanday boshqariladi?

– Bu ishlarni Kadastr agentligi huzurida tashkil etilgan Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi amalga oshiradi. Bundan tashqari, respublika va mahalliy ijro hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar ushbu milliy markazning axborot tizimiga integratsiya qilinadi va zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.

– Ma’lumki, respublikamizdagi barcha ko‘chmas mulklarni bir vaqtning o‘zida yagona tizimga o‘tkazish imkoniyati mavjud emas. Ushbu jarayon qanday tartibda amalga oshiriladi? 

– Ommaviy baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Jumladan, 2025-2026 yillar – Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida, 2026-2027 yillar – Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2027 yil va keyingi yillar – mamlakatning boshqa hududlarida.

– Ko‘chmas mulkni baholash soliq yukiga ta’sir qilmaydimi?

– Yo‘q, aksincha, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq bazasi kengaygani sababli soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilgan. Bu esa aholiga ham, tadbirkorlarga ham qulaylik yaratadi.

– Bundan qanday natijalarni kutish mumkin?

– Bu tizim bir qator ijobiy natijalarga olib keladi. Masalan, soliq bazasi bozor narxiga yaqinlashadi, natijada arzonroq mulk egalari yuqori soliqlar to‘lash majburiyatidan qutiladi. Davlat ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha tizimli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘ladi. Bu esa uy-joy narxlari va investitsiyalar ustidan nazoratni kuchaytiradi. Yana bir jihati – xususiylashtirish jarayonlari, korrupsiyaga qarshi kurash hamda ijtimoiy himoya tizimlari yanada samarali bo‘ladi. Davlat byudjetiga tushumlar oshadi, davlat esa kapital qo‘yilmalar bo‘yicha mablag‘ni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Asosiysi, fuqarolar va tadbirkorlarimizning davlatga bo‘lgan ishonchi ortadi. 

Xulosa o‘rnida aytish mumkin, mazkur tizim iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va adolatli soliq tizimini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulk: haqiqiy qiymatni kim belgilaydi?