Qonun loyihasiga sharh

Mamlakatimizda rieltorlik xizmatlar bozoridagi talablarni qondirish maksadida rieltorlik faoliyatini rivojlantirish, ushbu xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin rieltorlik faoliyatini tartibga solish sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy tendensiyalarga va qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiqligini o‘rganish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda. 

Shu maqsadda “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlament quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Ushbu qonun loyihasi bilan norasmiy vositachilar (maklerlar) — yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “ko‘chmas mulk bo‘yicha agent” sifatida rieltorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Ko‘chmas mulk bozorida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, rieltorlik sub’ektlarining to‘g‘ri hisobini yuritish va samarali monitoringni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rieltorlar sub’ektlarining yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilmoqda. 

Shuningdek, bankdan tashqari aylanmani, shu orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining elektron savdosini hamda hisob-kitoblarni elektron shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi multilisting tizimlarini (elektron savdosini) tashkil etish belgilanyapti. 

Loyiha bilan rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari o‘rnini kengaytirish, ularga yangi vazifalar va vakolatlar berish ham taklif etilmoqda. Jumladan, rieltorlik sub’ektlarini qonuniy yo‘lga o‘tkazishda rag‘batlantiruvchi chora sifatida ularga ko‘chmas mulk bozorida reklama va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish huquqi berilmoqda. 

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi rieltorlik faoliyati sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, rieltorlik sub’ektlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, sohada yashirin amaliyotlarni qisqartirishga xizmat qiladi. Ko‘chmas mulk bo‘yicha agent toifasi kiritilishi orqali yashirin bozor qisqarishi ta’minlanadi. Sohada professional jamoat birlashmalarining roli kengayib, raqobatbardoshlik oshadi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulk bo‘yicha agent toifasi kiritilmoqda