🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Ko‘chalar kuylasin, ezgulik gapirsin! (+video)

Ko‘chalar kuylasin, ezgulik gapirsin! (+video)
Jamiyat
Tanlaş
19:30 / 03.04.2025

San’at - u qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin jamiyatimizda inson ongini shakllantirish, ma’naviy zavq berish, ezgulikka chorlashdagi o‘rni va roli be’qiyos. Bugun shaharu ko‘chalarimizni, xiyobonu odamlar gavjum joylarni bezab turgan bannerlar, plakat va boshqa tasviriy-targ‘ibot vositalari odamlarning dunyoqarashlarini kengaytirish, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashdagi ahamiyati yuqori.

Ba’zan atrofimizdagi o‘zgarishlar, yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari, yurt qahramonlarini ham ana shu targ‘ibot vositalari orqali bilib olamiz, yoshlarimiz ularga qarab ibrat oladi, shunday bo‘lishga intiladi, kattalar o‘z ezgu rejalarini tuzadi, xullas barchani ezgu harakatga, hayotini yaxshilik tomon o‘zgartirishga chorlaydi. Lekin buning ortida qanchalik mashaqqatli mehnat, qanchalik ijod va izlanishlar borligini ko‘pincha tasavvur qilmaymiz. Aynan shu yo‘nalishda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi jamoasining mahoratli ijodkorlari tinimsiz izlanishlar olib boradi. 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda ularning mehnati e’tirof etilib, o‘tgan yili uyushma tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi yangi rejalar va soha oldidagi muammolar bo‘yicha hisobot berildi. 

Joriy “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Seminarda ishtirok etgan uyushmaning hududiy bo‘linmalari rahbarlariga ushbu mavzuga oid zamonaviy tasviriy targ‘ibot vositalari orqali bezash, zamonamiz qahramonlarining siymolarini aks ettirish bo‘yicha aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Unda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, bu sohadagi muammolarni tasvirlar orqali, iqtiboslar orqali keng jamoatchilikka yetkazish va yoshlarning e’tiborini qarata oladigan, fikrlashga chorlaydigan bannerlarni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Seminar davomida yil dasturiga bag‘ishlab tayyorlangan “Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir” nomli tavsiyalar qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda asosan iqtiboslar, hadislar, xalq maqollari, she’riy misralar, dunyo donishmandlarining chuqur ma’noli fikrlari, allomalarimizning hikmatli gaplari, pandu-nasihatlari o‘rin olgan bo‘lib, ushbu qo‘llanma soha mutaxassislarining ish jarayonlarida juda qo‘l keladi. 

Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!
Кўчалар куйласин, эзгулик гапирсин!

Masalan, turli bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar, shaharning markaziy ko‘chalari, mahallalar, hiyobonlar, bozoru bekatlarni, ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlarni, ma’naviyat xonalarini bezashda foydalanish mumkin. 

Seminar davomida atrof-muhitni asrashni targ‘ib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi. Yakunida eng faol ma’naviyat targ‘ibotchilari rag‘batlantirildi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Nosir Haydarov (surat), Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov (surat, video), O‘zA

Muallif: Sanjar Toshpulatov