Kobulda uchta portlash uyushtirildi
Kobulning g‘arbida maktab hududida yuz bergan portlash natijasida olti kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya.
"18 okrugdagi Abdulla Rahim Shaxid nomidagi kattalar o‘qiydigan maktabda uchta portlash sodir etilgan, natijada shiya vatandoshlarimiz orasida qurbonlar bo‘ldi", – deyiladi huquq tartibot organi vakillari RIA Novostiga.
Avvalroq Kobulning Dasht-va-Barchi tumanidagi maktabda sodir etilgan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani va o‘nlab kishilar yaralangani haqida xabar tarqatilgan edi. Ushbu portlashdan oldinroq Kobulning g‘arbida “Mumtoz” maktabi hududida ham portlash uyushtirilgandi. Guvohlarning aytishicha, bu yerda bir necha kishi jarohat olgan.