Kobulda portlashlar va otishmalar bo‘lgani aytilmoqda
Afg‘oniston poytaxti Kobulning shimoli-g‘arbiy qismida sikxlar va induslar ibodatxonasi hududida portlashlar va otishmalar eshitilmoqda, deb yozdi RIA Novosti manbalarga tayanib.
Xabarda aytilishicha, kamida uchta portlash ovozi eshitilgan.
Qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.