Koʻp yillik muammo yechimini topdi
Hudud aholisi koʻp yillik muammoni bartaraf etilganidan mamnun holda tuman jamiyati va boshqa masʼul idoralar vakillariga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.
Bagʻdod tumani Qirqvolida qishlogʻida istiqomat qiluvchi Sh.Azizov va Z.Mirzaakbarovlarning tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga elektr energiyasidan shikoyat qilib murojaat yoʻllashdi. Unga koʻra, aholi xonadonlariga xizmat koʻrsatuvchi transformator nimstansiyasi (TP) koʻzdan kechirilganda, unda koʻp marotaba taʼmirlash ishlari oʻtkazilganligi bilinib turardi. Aholining aytishiga qaraganda, ular bir necha marta mazkur TPni hashar yoʻli bilan ham taʼmirlatgan ekan. Bir ikkita uyali aloqa kompaniyalarining antennalari ham ana shu liniyadan quvvat olishi esa hududda muayyan vaqtlarda aloqa sifatining talab darajasida boʻlishiga ham oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmagan, albatta.
Murojaatni oʻrganib chiqish davomida, tuman elektr taʼminoti korxonasi va tuman isteʼmolchilar huquqlarining himoya qilish jamiyatining birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasida Qirqvolida qishlogʻi umumiy qiymati 6 500 000 (olti million besh yuz ming) soʻm boʻlgan, yangi TP-63 kVA rusumli tok taqsimlagich bilan taʼminlanishiga erishildi.
Hudud aholisi koʻp yillik muammoni bartaraf etilganidan mamnun holda tuman jamiyati va boshqa masʼul idoralar vakillariga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.
Dilorom Mirzayeva, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
axborot xizmati