🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

“Ko‘ksaroy” suv ombori ishga tushdi

“Ko‘ksaroy” suv ombori ishga tushdi
Iqtisodiyot
Tanlaş
14:22 / 09.12.2015

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy” suv ombori qurilishi ishlari yakunlandi.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy” suv ombori qurilishi ishlari yakunlandi.

Suv inshootining ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida agrar soha, xususan, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi suv inshootlari barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Langar tog‘idan oqib tushuvchi soy, buloq va sel suvlari to‘planishidan hosil bo‘ladigan suv ombori 7,5million kub metrgacha obi hayotni saqlash quvvatiga ega. 78 gektar maydonni egallagan mazkur inshootda to‘planayotgan suv miqdori va tarkibini aniqlash, uni taqsimlash uchun zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uning suv berish quvvati yiliga qariyb 12 million kub metr.

– Mazkur inshoot tumandagi salkam ming gektar ekin maydonini suv bilan ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, muhimi, sel-toshqin va ofatlarning oldini olishga xizmat qiladi, – deydi “O‘zmaxsussuvqurilish” ixtisoslashgan kompaniyasi davlat korxonasi “Zarafshonmaxsussuvqurilish” filiali direktori Yoqub Yusupov. – Qishloq xo‘jaligida obi hayotdan samarali foydalanish hamda suv ta’minotini yaxshilash maqsadida ishga tushirilgan suv omborining qurilish-montaj ishlariga qariyb 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.