Samarqand viloyati dalalarida paxtakorlar uchun yuzdan ziyod ko‘chma do‘kon xizmat ko‘rsatishni boshladi
Samarqand viloyati fermerlari joriy yilda 88 ming 700 gektar maydonda g‘o‘za parvarishladi.Ayni paytda dalalarda qiyg‘os ochilgan paxta hosilini qisqa fursatlarda sifatli yig‘ib-terib olish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyati fermerlari joriy yilda 88 ming 700 gektar maydonda g‘o‘za parvarishladi.Ayni paytda dalalarda qiyg‘os ochilgan paxta hosilini qisqa fursatlarda sifatli yig‘ib-terib olish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mas’uliyatli pallada terimchi va mexanizatorlar, fermer xo‘jaliklari a’zolarining samarali mehnat qilishi va maroqli hordiq chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish, ularga sifatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish maqsadida viloyatdagi savdo korxonalari tomonidan yuzdan ortiq ko‘chma avtodo‘konlar tashkil etildi.
Viloyat hokimligi tashabbusi bilan Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda mazkur ko‘chma do‘konlarni kerakli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ular tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatilishiga erishish masalalari muhokama etildi.
– Tumanimizdagi fermer xo‘jaliklarida yig‘im-terimda qatnashadigan mehnatkashlar uchun sakkiztaavtodo‘kon tashkil etdik, – deydi Pastdarg‘om tumanidagi “Pastdarg‘om barakali savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi o‘rinbosari Samad Sanaqulov. – Mavsum davomida ushbu do‘konlarda sotilishi belgilangan 32 turdagi mahsulot bo‘yicha zaxira yaratildi. Savdoni naqd pul hamda plastik kartochkalar orqali amalga oshirish uchun to‘lov terminali va kassa apparatlari olindi.
Seminarda mavsum davomida aholi va terimchilarni zarur maishiy buyumlar, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Fermer xo‘jaliklari va tegishli tashkilotlar ta’minotchi korxonalar bilan shartnomalar tuzdi.
Seminarda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.