“Koʻchat ekish“ aksiyasi oʻtkazildi
Chilonzor tumani hududida “Koʻchat ekish” aksiyasi tadbiri tashkil etildi.
Bugungi kunda ekologik muammolar sababli turli kasalliklar koʻpayayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa katta shaharlarimizda ekologik muhitni barqarorlashtirishning yeng asosiy yechimi bu koʻplab bogʻlar, daraxtzorlarni barpo etish hisoblanadi.
Shu bois Bojxona instituti kursantlari tashabbusi xamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida “Koʻchat ekish” aksiyasi tadbiri tashkil etildi.
Mazkur aksiya, kursantlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yurtimizning ekologik muhitini barqarorlashtirishga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlab, jamoat vakillari hamda yoshlarga oʻrnak boʻlishiga muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Qolaversa, yaqin orada biz ekkan daraxtlar koʻkka boʻy choʻzib, yurtimiz goʻzalligi va sof havosini taʼminlashga xizmat qiladigan bogʻ boʻlib shakllanadi.