Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha G1 tasnifiga kiruvchi XIII Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kungi bellashuvlari yakunlandi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining jami 13 nafar a’zosi jang o‘tkazdi va 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Musobaqaning 80 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlarida Jasurbek Jaysunov, vazni 87 kilogrammdan ortiq bo‘lgan taevondochilar bahsida Marat Mavlonov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Darvoqe, bu ikki sportchimiz aynan Xitoyda o‘tgan "WT Prezidenti kubogi"da ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan edi. 

Shuningdek, XIII Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Shahboz Tusmatov (74 kg), Shuhrat Salayev (87 kg) va Madina Mirabzalova (57 kg) kumush, Yodgorbek Jo‘raboyev (87 kg), Madina Shoniyozova (46 kg), Laylo Hasanova (49 kg) va Shabbona Abduvaliyeva (57 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa 30 aprel kuni o‘z yakuniga yetadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kunida 9 ta medal qo‘lga kiritildi 