Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda olingan ma’lumotlar asosida Nukus shahridagi yo‘l patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

“Toshkent-Nukus” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yengil avtotransport vositasi to‘xtatilib, mazkur avtotransport yo‘lovchisi va unga tegishli bo‘lgan sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, fuqaro ustidagi ichki kiyimlariga xufiyona tarzda yashirilgan 2 dona shaffof rangli poliyetilen paketda o‘tkir hidli, to‘q jigarrang, o‘rami bilan og‘irligi 58,12 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning Nukus shahri hududidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, o‘z xonadonida 3,58 gr “marixuanna”, 1 gr opiy, 8 gr “kannabis” giyohvandlik o‘simligi urug‘i, 1 gr “gashish” giyohvandlik vositasi va 1 dona giyohvand vositasini o‘lchashda foydalanilgan elektron tarozi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Ta’kidlash joizki, joriy yil boshidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan 665 gramm giyohvandlik vositasining mamlakatimiz chegaralari orqali harakatlanishi hamda ichki hududda muomalada bo‘lishining oldi olindi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyimidan ham, uyidan ham giyohvandlik vositalari topildi