“Kitobxonlik haftaligi” boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xalqimizni kitobxon millatga aylantirish mamlakatimizda ma’rifiy jabhalarda olib borilayotgan yangilanish jarayonlarida ustuvor o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazkur yo‘nalish rivojida yangi imkoniyatlarni ochadi.
Ushbu qarorga muvofiq, 2026-2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasini (bir kishiga to‘g‘ri keladigan mutolaa qilingan kitoblar sonini) yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish belgilangan.
Yoshlar ishlari agentligi huzurida yangi jamg‘arma Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu jamg‘arma yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish, bolalar adabiyotini nashr etish va kitoblarni tarjima qilish xarajatlarini moliyalashtiradi.
“Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” yozuvchi va shoirlar, ijodkor ziyolilar ishtirokidagi uchrashuvlar, davra suhbatlari, adabiy anjumanlarga, tanlov va ijodiy viktorinalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Ayni paytda ushbu haftalik mamlakatimizdagi barcha viloyat axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.
N.Usmonova, O‘zA