O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning asarlari mamlakatimiz kutubxonalarida yosh kitobxonlar tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan o‘qiladi. Ayniqsa, uning “Otamdan qolgan dalalar” asari hozirgacha kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelmoqda.

Yasamalik, soxtalik, balandparvozlikdan yiroq bo‘lgan, hayot haqiqati yaqqol aks ettirilgan bu asarlar adabiyotshunos olimlar tomonidan ham hozirgacha yirik tadqiqotlarga sabab bo‘lmoqda. Tog‘ay Murodni yaqindan bilgan qalamkashlar uning o‘ta kamgap, kamsuqum, halol, xoksor, oddiylikni yoqtiruvchi va ayni paytda o‘jar ijodkor sifatida ibratli hayotiy xotiralar bilan yodga oladilar. 

Atoqli adib Tog‘ay Murod 1948 yilning 3 fevral kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo‘jasoat qishlog‘ida tavallud topgan. 

U 1972 yilda Toshkent davlat universiteti – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Respublika radiosida muharrir (1972—75), «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida (1976—78), «Fan va turmush» jurnalida (1982—84) adabiy xodim bo‘lib ishlagan. 1984—86 yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida o‘qigan. 

Ijodkorning dastlab kichik hikoyalari, ocherklari e’lon qilingan. Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi» (1976). «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo yer qo‘shig‘i» (1985) qissalarida qishloq hayoti yorqin aks ettirilgan. 

Adabiyotshunos olimlar fikricha, ushbu asarlarda halol, oqko‘ngil, to‘g‘riso‘z, mard o‘zbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. O‘zbek adabiyotining yutug‘i sifatida e’tirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. 

«Oydinda yurgan odamlar» qissasi qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug‘ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib, zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug‘likka to‘la mungli, hazin qo‘shiq qilib kuylanadi. Mazkur asar uchun adib Oybek mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

«Momo yer qo‘shig‘i» qissasi o‘z g‘oyasi va uslubi bilan o‘zga qissalardan ajralib turadi. Unda milliy zamindan oyog‘i uzilgan, Vatan tuprog‘ida yashab, yuragida yurt tuyg‘usi bo‘lmagan kishilarning qiyofalari g‘arb adabiyotining sig‘indi bandasi bo‘lib qolgan ijodkor misolida o‘zbekona kinoya bilan tasvir etiladi. 

Tog‘ay Murod o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi an’analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. «Otamdan qolgan dalalar» (1993) romanida O‘zbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan o‘zbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi og‘ir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul o‘zbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga ko‘tarilgan. U boshiga yog‘ilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur bo‘lsa-da, o‘z insoniy sha’ni, qadr-qimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. 

Ushbu asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). Yozuvchi 1994 yil “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 

«Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida ham o‘z ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolg‘on e’tiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiq firqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy bo‘yoqlarda tasvirlagan. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Tog‘ay Murod ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, anjumanlar muttasil o‘tkazib kelinishi bilan birga, uning asarlari nashr etilmoqda. 

Tog‘ay Murod Jek Londonning «Boyning qizi» dramasi va hikoyalarini, Ernest Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitoblari qo‘ldan tushmaydigan adib 