Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko‘zgusi
Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan haftalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurudagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi, oliy o‘quv yurtlari Axborot-resurs markazlari, Xalq ta’limi vazirligiga qarashli Respublika bolalar kutubxonasi, Madaniyat vazirligiga qarashli Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi fundamental kutubxonasi va boshqa kutubxonalar fondidagi eng sara adabiyotlarning ko‘rgazmalari, “Qoraqalpog‘iston”, “Bilim”, “Avangard” nashriyotlari va kitob do‘konlarining yarmarkalari tashkil etildi.
[gallery-6704]
– Haftalik doirasida yangi kitoblar taqdimoti, kitob ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi direktori Injigul Sharapova. – Jumladan, “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” shiori ostida yangi kitoblar taqdimoti, mahalladagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual uyini, “Yoshlar bizning kelajagimiz – yangi g‘oya, yangi imkoniyatlar”, “Kitob buyuk kuchdir” mavzularida davra suhbati, mahalladagi “Eng yaxshi kitobxon maslahatchi” ko‘rik-tanlovi va qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dovud Abibullayev,
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA