Kitob tumani hududi karantinga olindi
Kitob tumanida karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
Kitob tumanida karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati. Bu bilan tuman aholisining kasallikka chalinish xavfidan koʻproq himoya qilish nazarga tutilgan.
Ayni paytda hudud markaziga kirish - chiqish yoʻllari hamda umumiy vaziyat rahbariyat tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
“Tumanda koronavirus kirib kelishi va tarqalishi xavfi borligi bugungi kunda oldindan ehtiyot choralarini koʻrishni taqozo etmoqda”, - deyiladi xabarda.
Tumandagi pandemik vaziyat yuzasidan yana qoʻshimcha axborot beriladi.