Shu kunlarda butun mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etyapti. Bu jarayonda ayniqsa yozuvchi, shoir va adiblar faol ishtirok etmoqda.

12 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 2-umumta’lim maktabi kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Laziz Rahmatov tomonidan ellikka yaqin yangi kitoblar shodasi taqdim etildi.

– Kitoblar paydo bo‘lganiga necha ming yillar o‘tgan esa-da uning inson kamoloti, tafakkuri yuksalishi va hayot yo‘lidagi qimmatli o‘rni oshsa oshib borayaptiki, aslo kamaygani yo‘q, – dedi Laziz Rahmatov. – Prezidentimizning ijod va san’at ahlini yanada faollikka chaqirishi, quchoq ochib xalq ichiga borishdek oliyjanob da’vati zamirida eng olis hududlardagi aholi vakillarigacha keng ko‘lamli islohotlar mazmunini ta’sirchan tushuntirish va ularga ma’naviy rag‘bat berish maqsadi mujassam. Shu ma’noda Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining bu jarayonlarda daxldorlik va mas’uliyat hissi, ma’rifiy va yangicha yondashuvi katta ahamiyatga egadir.

– Ta’limning bosh sharti o‘qish, o‘qishning bosh manbasi hech shubhasiz kitobdir – deydi maktab direktori Nargiza Chorshanbiyeva. – Kitob bilan do‘st tutingan o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham faqat yaxshilikka oshno bo‘ladi, Vatanga sadoqatli va fidoyi avlod bo‘lib yetishadi. O‘z pedagoglik tajribamdan bilamanki, kitobxon yoshlarning intellektual salohiyati doim yuksak, hayotga qarashi bir tomonlama emas. Bunday o‘quvchilar maktabni tugatgach ham hayotda o‘z o‘rnini topib ketishadi. Shuni katta xursandchilik bilan aytamanki, yangi targ‘ibot tadbirlari bu shunchaki shiorbozlik yoki dabdaba uchun qilinayotgani yo‘q. Muallif tomonidan “Yangi kitob” nashriyotida kirill va lotin alifbosida chop etilgan 50ga yaqin kitoblar taqdim etilishi bu ezgu intilishlarning amaliy ifodasi, maktabimiz uchun ajoyib ma’naviy tuhfalar durdonasi bo‘ldi.

– Men shu yildan boshlab bu maktabda ingliz tilidan saboqlar bera boshladim. To‘g‘risini aytishim kerak, kutubxonaga kirar ekanman, yangi adabiyotlarga kamligiga guvoh bo‘ldim, - deydi ingliz tili o‘qituvchisi Nargiza Rahmonova. – Eng yomoni, o‘tgan yili kitob marafoni o‘tkazilib, 1119 dona kitob olingan bo‘lsa, bu yil hech qanday yangi kitob keltirilmagan ekan. Shunda bir aniq natija chiqarmikan deb, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 1-o‘rinbosari Nodir Jonuzoq bilan bog‘lanib, qandaydir ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari bilan qiziqdim. Albatta, uyushma qo‘ldan kelgan yordamni ko‘rsatishga va’da bergan edi. Mana, “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari doirasida mana shunday tuhfa olganimiz meni xushnud etdi. Bunday xayrli ishlar davom etishiga biz yosh ustozlar qat’iy ishonamiz va ilhomlanamiz .

- Kutubxonamizda uch mingta turli kitoblar bo‘lib, afsuski yangi chiqqan, ayniqsa zamonaviy adabiyotlarimiz kam edi, - deydi maktab kutubxonachisi Dilorom Hasanova - Qiziquvchan yoshlarimiz va fidoyi o‘qituvchilarimizning kitobxonlik faolligi va ehtiyojlarini bu qondirishga kamlik qilardi albatta.

Ko‘plab kitoblar ertak va jurnallardan iborat bo‘lib, ba’zida o‘quvchilar so‘ragan kitoblarni topib berolmay xijolatda qolardik. Shoirlarning she’riy to‘plamlari va o‘quvchilar uchun metodik qo‘llanmalar ko‘proq bo‘lishini istaymiz.

Yangi kitoblar orasida Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Marsel Brion va Zabihulloh Mansuriyning “Menkim, Fotih Temur” tandirdan chiqqanday kelgan yangi nashrlari borligini bizni quvontirdi.

Bundan tashqari, maktabning kitob javoni jahonning va yurtimizning taniqli va iste’dodli yozuvchi va shoirlari Gi de Mopassan, Mario Pyuzo, Paulo Koelo, Abror Zohidov, Artur Konan Doyl, Jeyms Xeydli Cheyz, Deyl Karnegi, Frenk Betjer, Vladimir Kunin, shuningdek, Hakim Sattoriy, Ortiqali Namozov, Laziz Rahmatov, G‘oyib Nazarning asarlari, qo‘llanmalari, turli xalqlar adabiyotlari, til lug‘atlari, kimyo, fizika, adabiyot, matematika fanlaridan ma’lumotnomalar jamlanmalari bilan boyidi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob – o‘quvchi va o‘qituvchi qalbiga ma’naviy nur