Namangan shahrida “Namangan kitob olami” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yana bir kitob do‘koni ish boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shoir va yozuvchilar, noshirlar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda ma’naviyatning ajralmas qismi bo‘lgan adabiyot, matbaachilik va noshirlik faoliyatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasida kitobning ta’sirchan kuchidan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, ayniqsa, ziyolilar ko‘nglini tog‘dek ko‘tarish bilan birga, ular zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshirmoqda, – deydi Namangan viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Z.Mansurov. – Zero, har qanday islohotlarga ma’naviyat poydevor bo‘lmas ekan, ong-tafakkurimizni muntazam o‘stirib bormas ekanmiz, ko‘zlagan oliy maqsadlarimizga erishish mushkul bo‘ladi. Bunda kitob va kitobxonlikning o‘rnini hech narsa bosolmaydi. Shu ma’noda ushbu yangi kitob do‘koni ham ma’rifat ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

“Namangan kitob olami” mas’uliyati cheklangan jamiyati xususiy tadbirkor Ma’rufjon Mo‘minov tomonidan 2016-yilda tashkil etilgan. Tadbirkor 400 million so‘mga yaqin bank krediti ko‘magida kitob savdosi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan to‘rt qavatli zamonaviy majmua qurdi. Ko‘rkam binoning birinchi qavatidan mo‘jaz o‘quv zali va yengil tamaddixona joy olgan. Kitob savdosiga mo‘ljallangan ikkinchi qavatda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti, darsliklar kabi yigirmaga yaqin bo‘lim mingdan ortiq nomdagi kitoblar bilan to‘ldirildi. Majmuada yosh ota-onalar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Ular kichkintoylarini turli o‘yinchoqlar bilan to‘ldirilgan maxsus joyda qoldirib, xotirjam kitoblar bilan tanishishi mumkin. Majmuaning uchinchi va to‘rtinchi qavatlarida xorijiy tillarni o‘qitish markazi, kichik bosmaxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Namangan shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy ko‘chasida ochilgan yangi kitob do‘koni ham tadbirkorning istiqbolli loyihalaridan biridir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob olamining yana bir do‘koni