“Kitob markazi” – “Kitob dunyosi” kitob tarmoq markazi yurtimizdagi oliy oʻquv yurtlarining biriga toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga kirgan, ammo moddiy yordamga muhtoj eng kitobxon, zukko qoraqalpogʻistonlik ikkita talabaga bir yillik toʻlov shartnoma pullarini toʻlab beradi.

“Kitob markazi” – “Kitob dunyosi” kitob tarmoq markazi yurtimizdagi oliy oʻquv yurtlarining biriga toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga kirgan, ammo moddiy yordamga muhtoj eng kitobxon, zukko qoraqalpogʻistonlik ikkita talabaga bir yillik toʻlov shartnoma pullarini toʻlab beradi. Ushbu tadbir kelgusi oʻquv yili uchun amalga oshiriladi. Bu haqida mazkur markazning masʼul xodimi Ilxomjon Axundjanov maʼlum qildi.

I.Axundjanovning taʼkidlashicha, “Eng kitobxon maktab” tanlovida gʻolib boʻlgan maktablardan ikkitasi tanlab olinib, ularda oʻqib, oliy oʻquv yurtiga toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga kirgan, moddiy yordamga muhtoj ikkita talabaning kontrakt pullari toʻlab beriladi. Talabalarning hoxishiga qarab, ular markazning oʻzida ish bilan taʼminlanishi ham mumkin.

Avval xabar qilinganidek, ayni paytda Qoraqalpogʻiston shahar va tumanlari xalq taʼlimi boʻlimlariga qarashli maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan hamkorlikda “Kitob markazi” – “Kitob dunyosi” kitob tarmoq markazi tomonidan “Eng kitobxon maktab” loyihasi oʻtkazilmoqda.

Loyihaga koʻra, maktablarning qaysi birida koʻp kitob sotib olinsa, shu maktab gʻolib deb topiladi.

Tanlov yakuni boʻyicha “Iqtidorli oʻquvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Faol maktab direktori”, “Eng faol OAV xodimlari”ga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasida qayd etilgan umumiy natijalarga koʻra, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan tuman xalq taʼlimi boʻlimlariga qimmatbaho sovgʻalar beriladi.

“Eng kitobxon maktab” loyihasida gʻolib chiqqan eng kitobxon tuman xalq taʼlimi boʻlimiga “NEXIA-3” avtomobili, eng koʻp kitob sotib olingan maktabga esa “SPARK” avtomobili sovgʻa qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kitob markazi” – “Kitob dunyosi” kitob tarmoq markazi ikkita talabaning kontrakt pulini toʻlab beradi
Жамият
19:32 / 25:10:2020