Sirdaryo viloyatida ham iqtidorli bolalar uchun tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ga qabul imtihonlari boshlandi.

Bu muhim bosqichda viloyat bo‘yicha jami 786 nafar 5-sinf o‘quvchisi ishtirok etmoqda. Ular ona tili va matematika fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazyapti. 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Jasorat maktabi” viloyatning 11 ta tuman va shaharlarida faoliyat yuritadi. Har bir hududdagi muassasaga 26 nafardan iqtidorli o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Imtihonlarning ikkinchi bosqichi joriy yilning 18 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovdan o‘tadi.

– Imtihonlar belgilangan talablar asosida, shaffof va xolis o‘tmoqda, – deydi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Sirdaryo viloyatidagi mas’ul xodimi Oybek Hakimov. – 7–8 iyul kunlari Sirdaryo viloyatidagi 9 ta ixtisoslashtirilgan maktabga qabul bo‘yicha birinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Ularda 2745 nafar o‘quvchi, 9 iyul kuni esa Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino va Al-Xorazmiy nomidagi tayanch maktablariga bo‘lgan qabul imtihonlarida 2796 nafar bola ishtirok etdi. Eng muhimi, ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kirish imtihonlari boshlandi