Bolgariya televideniye, kino va internet kommunikatsiyalari akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Slavyan ertagi” XII xalqaro kinofestivalining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Boshqaruv kengashi a’zosi, kinorejissyor Muzaffarxon Erkinov “Puankare” badiiy filmi uchun kino-telefestivalning bosh sovrini – Gran-Pri (“Badiiy film uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasi) bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, film bosh operatori Ravshan Mirzakamolov “Badiiy film uchun eng yaxshi operatorlik ishi” va film ssenariy muallifi Abduqayum Yo‘ldoshev “Badiiy film uchun eng yaxshi ssenariy” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

Qolaversa, Bolgariya Kino, televideniye va internet akademiyasi, Yevropa audiovizual san’at assotsiatsiyasi (Bolgariya – Makedoniya), Parij Yevropa kino akademiyasi Skope audiovizual san’at universiteti tomonidan Muzaffarxon Erkinovga kinoakademiyalarning “Faxriy akademik” va "Honoris causa" unvonlari hamda alohida nishonli diplom topshirildi.

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kinorejissyorimiz “Slavyan ertagi” XII xalqaro kinofestivalining bosh sovrini bilan taqdirlandi