Toshkentda “O‘zbekkino“ milliy agentligi bilan Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida “Milliy yuksalish va o‘zbek kinosi“ mavzuida kinoijodkorlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda kino sohasi mutaxassislari, rejissyorlar, kinoshunoslar, davlat va xususiy kinostudiyalarning vakillari, jurnalistlar qatnashdi.

“O‘zbekkino“ milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov, O‘zbekiston xalq artistlari Gulchehra Jamilova, Xayrulla Sa’diev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan milliy kinematografiya sohasi rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor soha vakillaridan o‘z faoliyatiga yanada ko‘proq mas’uliyat bilan yondashishni talab etayotganini ta’kidladi.

Tadbirda sohadagi yutuqlar, balandparvoz gaplardan ko‘ra ko‘proq kamchiliklar, ularning yechimlari, taklif va mulohazalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Kinoning eng yetakchi mafkuraviy vosita ekanini inobatga olgan holda tarixiy, bolalar va o‘smirlar, yoshlar uchun filmlar yaratishda moliyalashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish dolzarbligi tilga olindi. Xorijiy audiovizual mahsulotlar o‘rniga milliy mahsulotlar ishlab chiqarishni samarali yo‘lga qo‘yish va seriallar ishlab chiqarish mexanizmini muvaffaqiyatli joriy etish uchun davlat-xususiy sherikligi asosida “Milliy serial“ nomli prodyuserlik markazini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Anjumanda ta’kidlanganidek, multiplikatsiya sohasini rivojlantirishga doir bir qator masalalar ham mavjud. Zamon talablariga mos multfilmlar yaratish uchun tajribali mutaxassislar yetishmaydi. Bu borada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida animatorlar tayyorlash bo‘yicha alohida fakultet tashkil etish, “O‘zbekkino“ milliy agentligi tavsiyasi asosida yosh multiplikatorlarni xorijiy ilg‘or kinostudiyalarga stajirovkaga yuborishni tizimli yo‘lga qo‘yish, chet ellik animatorlarni “Multiplikatsion filmlar studiyasi“ davlat unitar korxonasiga ishga taklif etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etilgan. Ayni paytda uyushma hech qaysi tashkilot tomonidan moliyalashtirilmaydi va o‘zi mablag‘ ishlab topish imkoniga ega emas. Ushbu masalani bartaraf etish uchun O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasining doimiy moliyalashtirish mexanizmini yaratish, uning faoliyatini moliyaviy tomondan ta’minlash maqsadida “Ilhom“ jamoat fondiga biriktirish, uyushmaga kinematografchilarning professional maqomini berish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Zamonaviy kino ishlab chiqarish metodologiyasi ishchilar bilan shartnomalar tuzish orqali mehnat munosabatlarini o‘rnatishni nazarda tutadi. Suratga olish guruhi vakillari bilan ma’lum muddatga shartnomalar tuziladi. Ular doimiy ish joyiga ega emas. Mehnat shartnomalari va stajlarida doimiy ish joyi ko‘rsatilmaydi. Natijada ishchilarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlardan foydalanish imkoniyati yo‘q.

Anjumanda, shuningdek, kino sohasi xodimlarining mehnatini qadrlash, ular uchun zarur sharoitlarni yaratish, kadrlar tayyorlashda jahonning nufuzli kino tuzilmalari, oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash, kinochilarning milliy adabiyotimiz vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikrlar, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Milliy kinoni rivojlantirish, yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan “Yo‘l xaritasi“ga takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish, yo‘nalishlarni belgilashga e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kino sohasidagi dolzarb masalalar birgalikda hal etiladi
Жамият
17:35 / 24:09:2019