Kino: Jamoatchilik kengashi tuzildi
“Oʻzbekkino” milliy agentligida “Oʻzbekiston kino tarmogʻi islohotlari va jamoatchilik nazorati mexanizmlari” mavzusida media klubning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi.
“Oʻzbekkino” milliy agentligida “Oʻzbekiston kino tarmogʻi islohotlari va jamoatchilik nazorati mexanizmlari” mavzusida media klubning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi.
“Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori F.Abduholiqov va boshqalar agentlik tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida gapirdi. Soha istiqboli, Oʻzbekiston kino tarmogʻi islohotlari va jamoatchilik nazorati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Milliy kinematografiya, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining faol vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashi tashkil etilgani maʼlum qilindi. Ushbu kengash agentlikning yangi tuzilmasi boʻlishi aytildi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari orasida taniqli kinorejissyor, aktyorlar, televideniye operatorlari, yozuvchi va dramaturglar, yuristlar bor.

– Yangi kengash sohani tekshirish, nazorat qilish uchunmas, balki uni kuzatish uchun tuzildi, – dedi Jamoatchilik kengashi aʼzosi Rashid Malikov. – Bu bizning ikkinchi yigʻilishimiz. Sohadagi hech bir muammo eʼtibordan chetda qolmasligi uchun kurashamiz. Kerak boʻlsa, yosh avlodga, soha xodimlariga koʻrsatmalar berishga tayyormiz. Shuning uchun jamoa aʼzolari turfa soha vakillaridan tashkil topgan.
Uchrashuvda soʻz olganlar yangi tashkil etilgan tuzilma sohada tub oʻzgarishlarning amalga oshishiga turtki beradi, deyishdi.
Qizgʻin munozara asosida, tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlgan ayrim fikrlarga ham oydinlik kiritildi.