Taniqli rejissyor, nufuzli xalqaro kinofestivallar laureati Yolqin To‘ychiyev “Faridaning 2000 qo‘shig‘i” kinokartinasidan keyin yangi mualliflik ishini – "Evrilish" filmini taqdim etdi.
Kecha Kinochilar uyida rejissyorning "Evrilish" psixologik dramasining OAV vakillari hamda mutaxassislar uchun maxsus namoyishi o‘tkazildi. Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Play this” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Filmda bir shaxsning hayotida yuz bergan sinovli lahzalar, ruhiy kechinmalar va Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan urush insonlar taqdirini qay tarzda o‘zgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Yolqin To‘ychiyev, film prodyuseri Avazxon Tojixonov, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, kartina direktori Shokir Nabiyev.
Rollarda O‘lmas O‘rayev, Bahrom Matchonov, Botir Abdurahmonov, Jo‘rabek Arziyev, Ilmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova, Igor Buxaidze, Yevgeniy Moskvichev va boshqalar. Suratga olish ishlari O‘zbekiston, Afg‘oniston, Misr va Angliyada bo‘lib o‘tgan.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.
O‘zA.