Kimga – toʻy, kimga – aza (+video)
Bu odamlar nimaga navbatda turganini bilasizmi? Nega ular panjara ochilishini kallai sahardan kutishadi? Olomonni koʻrgan odam qaysidir doʻkonda katta chegirma eʼlon qilingan boʻlsa kerak, deb oʻylashi mumkin. Aslida, buminglab odamlar Myunxen markazida har yili uyushtiriladigan festivalyochilishini shunday qarshi oladi.
Oktoberfest – Germaniyadagi eng mashhur bayramlardan biri, shuningdek dunyodagi eng yirik xalq festivalidir. Anjumanning nomidan ham maʼlum, bu– oktyabr oyida oʻtadigan tadbir. Bayram sentyabr oyining oxirgi kunlarida boshlanib, oktyabr boshida tugaydi. Tashkilotchilar nafaqat Germaniya, balki Yevropa va dunyoning turli mamlakatlaridan 6 millionga yaqin mehmonni kutib oladi. Ginnes rekordlari kitobiga dunyodagi eng yirik bayram sifatida kiritilgan bu anjumanga kelmoqchi boʻlgan xorijliklar yil boshidayoq Bavariyadan mehmonxona band qilib qoʻyishiga toʻgʻri keladi. Axir, festival kunlari joy topish amri mahol-da. Oʻsha kunlari shahar transportida yurish qiyinlashadi, har qadamda tirbandlik yuzaga keladi. Shuning uchun, odatga koʻra, xavfsizlikka jiddiy eʼtibor beriladi, tinchlikni saqlash uchun juda koʻp xizmatchi jalb etiladi. Sanoqsiz tibbiyot, oʻt oʻchirish xizmati xodimlari shay turadi.
Festival tarixi 1810-yil, Bavariya qiroli malika Terezaga uylangan davrga taqaladi. Beshkun davom etgan mazkur nikoh toʻyida qirol tomonidan pivo ichimligi tekin tarqatilgan, ot poygasi, konsert va boshqa koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilgan. Bularning bari shahar chetidagi keng oʻtloqda boʻlib oʻtgan. Keyinchalik bu joy kelin nomi bilan Tereza, deb atala boshlandi. Eng qizigʻi, myunxenliklarga qirol uyushtirgan tantana yoqib qoladi va kelgusi yil ham ushbu bayramni takrorlashga qaror qilishadi. Shu tariqa tadbirni har yili oʻtkazish masʼuliyati shahar kengashi zimmasiga yuklanadi. Bora-bora bayram yirik festival– Bavariya milliy taomlari va liboslari namoyish qilinadigan, jonli musiqa, xalq qoʻshiqlari ijro etiladigan, turli oʻyinlar oʻtkaziladigan, xalq hunarmandligini targʻib qiluvchi, odamlarni birlashtiruvchi, oʻziga xos ijobiy muhit yaratuvchi ulkan anjumanga aylanadi.
Masalan, oʻsha kunlari festival ramzi sifatida qabul qilingan qovurilgan joʻjaning oʻzidanyarim million tonnaga yaqin sotilarkan. Bu birgina taomga boʻlgan talab.Qolganini tasavvur qilavering.
Shahar maʼmuriyati ham bunday tadbirni oʻtkazishdan manfaatdor, chunki gʻaznaga mislsiz daromad tushadi. Shuning uchun ham tashkilotchilar festivalni har tomonlama chiroyli, tartibli oʻtkazishga bosh-qosh boʻladi. Festival anʼanaviy nemis kiyimidagi myunxenliklarning bezatilgan ot-aravalarda shahar koʻchalari boʻylab yurishi bilan boshlanadi. Qatnashchilar uchun tikilgan, har biriga 7-10 mingdan odam sigʻadigan chodirlardan kecha-kunduz mehmonlar oyogʻi uzilmaydi.
Endi eʼtiboringizni Yevropaning qoq markazida koʻpikli ichimlik simirib, koʻnglini xushlayotgan odamlardan ayni kunlarda ummon ortida boʻlib oʻtayotgan voqealarga qaratsak. Maʼlumki, BMT qarorgohida yuqori darajali uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning turli davlatlarimasʼullari bu dargohga oʻz muammosini hal qilish umidida borgan. Tan olish kerak,soʻnggi payt BMT ham koʻp masalalarni hal qila olmayapti. Nafaqat siyosatchilar, ekspertlar, hatto qatoro kuchli davlatlar rahbarlari ham tuzilma faoliyatini qayta koʻrib chiqish taklifi bilan chiqmoqda.
Xalqaroekspertlar tomonidan dunyoda yuz berayotgan urushlarni toʻxtatish uchun qabul qilinayotgan ayrim bayonotlarni hisobga olmaganda, BMT arzirli ish qilmayotgani qayta-qayta taʼkidlanmoqda.
Koʻrib turganingizdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat borgan sari jiddiylashmoqda. Urush olovi qoʻshni davlatlarni ham qamray boshladi. Gʻazoda nobud boʻlayotgan begunoh aholi soni kun sayin ortyapti. Falastinliklar dodini hech kim eshitmayotgandek.
BMT Bosh asssambleyasi 79-sessiyasida qatnashayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan tinchlik oʻrnatishga urinish Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan barbod qilinayotganini aytdi.
– Isroilning tajovuzkor siyosati avval Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusga, keyin esa Livanga qaratildi, – dedi u.
Darhaqiqat, Yaqin Sharqdagi bugungi holat keskinligicha qolmoqda.Shuningdek, Rossiya – Ukraina kelishuvidan hamon darak yoʻq. Har ikki tomon oʻz haqiqatini isbotlashga urinmoqda. Kelishuv davrasiga oʻtirish toʻgʻrisida oʻylab ham koʻrilmayapti.
Xullas, oʻzaro kelishmovchiliklar dunyo tinchliksevar qatlamining keskin noroziligiga sabab boʻlmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VgBYczLDMBI" title="Kimga – toʻy, kimga – aza" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, OʻzA sharhlovchisi