Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In yaqinda mamlakat gvardiyasi birinchi havo diviziyasiga qarashli harbiy qismga tashrif buyurib, u yerda qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar, dronlar va raketaga qarshi mudofaa bo‘linmalari ishtirokidagi mashg‘ulotlarni kuzatgan.

Harbiylar bilan bo‘lgan uchrashuvda u har qanday tashqi tajovuzga qarshi tayyorgarlikni aslo susaytirmaslikka chaqirgan.

Shimoliy Koreya davlat televideniyesining mashg‘ulotlardan olgan kadrlarida MiG-29 samolyoti havoga raketa uchirayotgani aks etgan. 

– Bu Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan havo raketasining KXDR namunasiga o‘xshaydi, -dedi Koreya Milliy birlashish institutining tahlilchisi Xong Min.

Shu oy ichida Kim raketa sinovlarini kuzatdi, tank va o‘q-dorilar zavodlarini ko‘zdan kechirdi, RFning Pxenyandagi elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakatning Rossiya bilan ittifoqchiligini tasdiqladi. Shuningdek, u tankdan o‘q otish va maxsus operatsiyalar bo‘linmalarining mashg‘ulotlarini nazorat qildi.

Kim Chen In KXDRni Qo‘shma Shtatlarning terrorizmga qarshi kurashi bo‘yicha hamkorlik qilmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritgani uchun AQSH Davlat departamentini tanqid qildi.

Pxenyan 1997 yildan beri har yili ro‘yxatga kiritiladi, deb yozmoqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi. 

– AQSH bizni samarasiz va g‘arazli xatti-harakatlari bilan qanchalik ko‘p provokatsiya qilsa, KXDR va Amerika o‘rtasidagi murosasiz adovatni shunchalik kuchaytiradi, — dedi Shimoliy Koreya TIV vakili. 

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kim Chen In Shimoliy Koreya harbiy-havo kuchlarining mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi