Kim Chen In Moʻgʻulistonga taklif etildi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Moʻgʻulistonga rasmiy tashrifni amalga oshirish boʻyicha taklif oldi.
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Moʻgʻulistonga rasmiy tashrifni amalga oshirish boʻyicha taklif oldi.
KXDRning markaziy nashri “Nodon sinmun” ga asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Qayd etilishicha, Moʻgʻuliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulga Shimoliy Koreya bilan oʻrnatilgan diplomatik aloqalarga 70 yil toʻlishi munosabati bilan yoʻllagan tabrigida Kim Chenni oʻz mamlakatiga rasmiy tashrifni amalga oshirishga taklif etgan.
Xabarda eslatilishicha, ikki davlat oʻrtasida 1948 yil 15 oktyabrda diplomatik aloqalar oʻrnatilgan. Tarixda Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Sen Moʻgʻulistonda rasmiy tashrif bilan boʻlgan.