Kim Çen In çegarani közdan keçirdi
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In mamlakatning Xitoy bilan çegaradoş Samjiyon hududidagi sayyohlik majmuasi qurilişini tekşirdi. KCNA davlat axborot agentligi xabariga köra, u aeroportni qayta taʼmirlaş jarayoni va sayyohlik temir yöli hamda çanği kurortidagi işlar bilan tanişib, mehmonxona, dam oliş maskanlari holatiga yuqori baho bergan. Bu taşrif Kim Çen Inning Xitoyga ehtimoliy safari haqidagi taxmin kuçaygan paytga töğri keldi.
Donald Tramp şu hafta Xitoyda Kim Çen In bilan uçraşişi mumkinligini aytgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Şimoliy Koreya rahbari Şençjendagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida qatnaşsa, Vladimir Putin u bilan körişişi mumkinligini istisno etmagan. KCNA tarqatgan suratlarda Kim Çen In qizi hamrohligida mehmonxona va infratuzilma maskanlarini közdan keçirayotgani aks etgan. Ju E çanğida uçgani ham tasvirlangan. Janubiy Koreya razvedkasi Kim qizini ehtimoliy voris sifatida tayyorlayapti, deb hisoblaydi.
Ayni payt Moskvada bölgan KXDR işçi partiyasi Markaziy qömitasi kotibi Jo Yon Von RF yetakçisi bilan uçraşdi. U AQŞning Pxenyanga nisbatan “duşmanona siyosati” mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini keskinlaştirayotganini taʼkidlagan. Zelenskiy esa razvedka maʼlumotiga tayanib, Rossiya har oy Şimoliy Koreyadan önlab ballistik raketa olayotganiga urğu bergan.
Musulmon Ziyo, ÖzA