Kikboksingchilarimizning muvaffaqiyatlari
Xabaringiz bor, o‘tgan haftada poytaxtimizda kikboksing bo‘yicha “Uzbekistan Open” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
“Yunusobod” sport majmuasida bo‘lgan musobaqada vakillarimizdan tashqari Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, Belarus kabi jahonning 15 mamlakatidan kelgan mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Yurtimizda ilk marotaba o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda 8-19 yosh toifalaridagi sportchilar kikboksing ful-kontak va lov-kik yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi. “Uzbekistan Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 98 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston, uchinchi o‘rinni esa Tojikiston terma jamoasi qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA