Tailandda kikboksing bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi davom etmoqda. Unda dunyoning 40 dan ortiq davlatidan kelgan 630 nafar sportchi g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida 32 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza, jami 74 ta medal bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Mazkur medallarni jamg‘arishda Ramzxon Muhiddinov, Muhammadali Xo‘jayev, Xangeldi Aytayboyev, Ilyos Omonmuratov, Arseniy Rahmonov, Kamron Ne’matov, Muhammadzokir Amirjonov, Sanjar Ismatov, Amriddin Imomov, Boburbek Rahmonov, Qobiljon Ergashev, Mushtariy Ergasheva, Halimaoy Halimova kabi kikboksingchilarimiz bir necha yo‘nalishlarda shohsupaga ko‘tarilgan holda o‘z hissalarini qo‘shdi.
Mazkur jahon kubogi 12 aprelda yakunlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA