Vengriyaning Budapesht shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bitta oltin va to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, muxlislar kutib oldi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida O‘zbekiston dunyoga sporti jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida tanildi. Xususan, o‘zbek kikboksing maktabi vakillari nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.

Musobaqada 60 davlat vakillari bahslashdi. Iqtidorli sportchimiz Doston Ilyashev 60 kilogrammgacha bo‘lgan kikboksingchilar o‘rtasida lou-kik yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. U kik-layt yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan bahslarda bronza medal bilan taqdirlandi.

Jahon kubogida Otabek Rahimov, Dovudbek Botirov, Sardor Sobirov o‘z vazn toifalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kikboksingchilarimizning g‘alabasi