Joriy yilning 23 avgust – 1 sentyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida yoshlar o‘rtasida kikboksing bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Unda dunyoning 70 ga yaqin davlatidan 3 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Dunyo birinchiligida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. 

Mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan sport bazasida terma jamoamiz uchun so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Ushbu yig‘inda kikboksingchilarimizdan tashqari Turkmaniston terma jamoasi a’zolari ham qatnashdi. 

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida kikboksingchilar texnik va taktik hamda jismoniy holatni bir maromda ushlab turuvchi mashqlarni bajardi. Sportchilarimiz Bekzod Aliyev, Shuhrat Temirov, Nig‘mat Inoyatov, Sherzod Qodirov, Shahboz Ahrorov, Nodir Ernazarov kabi murabbiylar qo‘l ostida o‘z mahoratlarini oshirdi. 

– Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga sportchilarimiz munosib tayyorgarlik ko‘rdi, –deydi O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Narmetov. – Umid qilamizki, Budapesht shahri mezbonligida o‘tadigan jahon chempionatidan yuqori natijalar bilan qaytamiz. Chempionat davomida sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. 

Bu galgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Abdulbosit Abdug‘afforov, Asadbek Abdurayimov, Feruzabonu Abduxalilova, Avazbek Amangeldiyev, Muhammadzokir Amirjonov, Azamatxo‘ja Asatillaxo‘jayev, Behruz Bahodirjonov, Ulug‘bek Bahodirov, Mushtariy Ergasheva, Sarvinoz Tursunova hamda Gulsevar Yo‘ldosheva kabi 30 nafar sportchi mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vkS36AvQaxk" title="Kikboksingchilarimiz jahon chempionatiga tayyor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kikboksingchilarimiz jahon chempionatiga tayyor (+video) 