Bolalar uchun yozish osonmi, qiyin? Ularga ma’qul keladigan asarlar qanday bo‘lishi kerak? Nima sababdan umumadabiyotimizda bolalar uchun yozilgan asarlar kam? Uning bugungi rivojiga qanday omillar xalal beryapti?

Bu kabi savollar, ayniqsa, shu kecha-kunduzda dolzarb. Chunki buyuk Cho‘lpon ta’kidlaganidek, “Adabiyot yashasa – millat yashar”. Bunga esa shubhasiz barcha yoshdagi kitobxonlar uchun badiiy adabiyot namunalarini yaratish orqali erishish mumkin.

Bolalar uchun yozilgan asarlarni sevimli qiladigan omillar juda ko‘p. Soddalik va ravonlik, rostlik va samimiylik ularning eng muhimlari. Bu kabi asarlarni jajji qalblarga yaqinlashtiradigan eng muhim omil esa beg‘ubor yumordir. Chunki bolalar tabiatan kulgi va sho‘xlikka moyil bo‘ladi. Har bir narsa-hodisadan, to‘g‘ri-noto‘g‘ri aytilgan so‘zdan, sal qiziqroq hangomadan kulgi chiqarish ularning tabiatiga xos. Shunisi aniqki, bolalar tabiatidagi ayni shu jihatni to‘g‘ri ilg‘agan ijodkor yutadi. Ammo bir sharti bor: buning uchun bolalardek beg‘ubor qalbga ham ega bo‘lish kerak. Zero, o‘git va maslahat, pand-nasihat bilan ish bitmaydi. Yaxshi ijodkor esa bolalar tabiatidagi kulgi va o‘yinqaroqlikka moyillikdan ustalik bilan foydalanadi. 

Pand-nasihat, o‘git-maslahat o‘rnini beg‘ubor yumoristik manzara va xulosa egallagan she’rlar shuning uchun ham sevib o‘qiladi, yod olinib, aytib yuriladi.    Bolalar uchun yaratilgan yumor namunalari ijodkorning voqelikka munosabatini bildiruvchi vosita rolini o‘taydi, tarbiya quroli sifatida kichkintoylarni har xil illatlardan xalos bo‘lishga da’vat etadi, yumor hissi bilan birga to‘g‘ri tanqid qilish madaniyatini o‘stiradi. Bu jihatdan, Tursunboy Adashboyev, Abdusaid Ko‘chimov, Abdurahmon Akbar, Hamza Imonberdiyev, Dilshod Rajab, Orif To‘xtash, Xudoyberdi Komilov kabi shoirlarning yumor bilan yo‘g‘rilgan she’rlari diqqatga sazovor.

Biz yuqorida qayd etgan fazilatlar taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon ijodida alohida o‘rin tutadi. Shoirning “Ajoyibxona” turkumi ostida jamlangan she’rlarida samimiy va tabiiy kulgini yuzaga chiqaruvchi elementlardan ustalik bilan foydalanilgan. Bu jihat turkumdan o‘rin olgan “Guldor pufakcha” she’rida yaqqol namoyon bo‘ladi. 

She’rning dastlabki satrlaridagi Ninachining guldor pufakchani topib olib, uni shinam “uycha”ga aylantirishi, “uycha”ning ichi yorug‘ligi, tomidan chakka o‘tmasligi kabi ilk qaydlarning o‘ziyoq yosh kitobxon yuzida tabassum paydo qiladi. Unga turli jonzotlarning munosabati esa bolalarga zavq bag‘ishlaydi: 

Chigirtka “Chir-r-roylik-ku ja!”, Ho‘kiz “Mo‘’-o‘-o‘jiza, qarang!”, Eshak esa hangu mang bo‘lib, “E-ha, e-ha!” deydi. Baqa ko‘zi kuyib, “Vaq-tim sal chatoq, Qur-r-volardim men ham uy bundan durustroq”, kalondimog‘ Xo‘roz esa “Qupquruq-ku bu...” deya munosabat bildiradi. Bu jarayonda nafaqat shu jonzotlarning tabiiy ovozi ifodasi, balki bolalar tabiatiga xos qizg‘anish, qiziqish, tomoshatalablik aks etgani samimiy kulgi uyg‘otadi. Nihoyat, she’r bolalarning o‘yiniga o‘xshab kulgili va beozor yakun topadi:

Qarg‘a dedi:

                        Qar-r-r...

Qar-r-shi

Bo‘lmasang agar,

Kengaytirib ber-r-rayin

Uyingni, jigar.

So‘ng pufladi pufakni

Qarg‘avoy 

“Qag‘-qag‘...”

Uy tarvuzdek bo‘lgan chog‘,

Portlab ketdi – “Paq!”

She’rda boshdan oyoq mana shunday samimiylik ruhi ustuvor. Garchi guldor pufak uycha oxir-oqibat vayron bo‘lgan bo‘lsa ham, bundan hech kimning jahli chiqmaydi. Zotan, bolalarning o‘yinlari ham qaysidir bolaning sho‘xligi, noshudligi, yoxud qizg‘anchiqligi sabab buzilsa-da, ular bir-birlaridan arazlab, xafa bo‘lmaydilar. Aksincha, yanada qiziqroq yangi bir o‘yin boshlashadi. Shoir shu tariqa jajjilar tili, fe’l-atvori, qiziqishlariga xos belgilarni misqol-misqol yig‘ib, satrlar bag‘riga jo etgan, ularga “jichcha” kulgi aralashtirib, “ishtahabop” turkumlar yaratgan. 

Shoirning “G‘alati maktublar” turkumida ham bolalar va o‘smirlar kitobxonligiga xos yumor jilolari yaqqol aks etgan. Shoir ularda arxaik so‘zlar, bugungi yoshlar deyarli o‘z nutqida qo‘llamaydigan tushuncha va iboralardan foydalanish orqali yumoristik kulgi yaratadi. Turkumdan o‘rin olgan “Kalishning Botinkaga”, “Qo‘raning Qumg‘onga”, “Sopol kosaning Chinni kosaga” “yozilgan xat”lari ayni shu jihati bilan e’tiborli. Ularda kinoya, kesatiq, istehzo va majoz, tamsil singari badiiy vositalar yordamida kichkintoylar tabiatiga xos qator jihatlar ochilgan. Jumladan, turkumdan o‘rin olgan “So‘rg‘ichning Pufakka yozgan xati” beg‘ubor kulgi uyg‘otishi va ibratga undashi bilan ahamiyatli:   

Tengdosh edik, 

Do‘konda –

Yotar edik burishib... 

Yayrayapti go‘daklar 

Endi meni so‘rishib.

Ko‘tarishsa yuqori, 

Buncha quvnab 

Shishasan?

Ipingdan bir tortishsa, 

Yana pastga tushasan!

Shoirning “Kumush uy” turkumiga kirgan “Chalasavod” she’rida endigina yozishni o‘rganayotgan ayrim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanballigi, e’tiborsizligi majoziy talqin vositasida “tanqid” ostiga olinadi: 

Eshak qamish – 

Ruchkada,

Maktub yozdi

Cho‘chqaga:

“Salom, ashna,

Sag‘misan,

Yoki pishkan

Yag‘misan?”

Kichkintoylar maktubdagi so‘zlarda imlo xatosi borligini ilg‘ab, qolaversa, “ko‘cha tili” so‘zlarini qo‘llagani bois chalasavod eshakning ustidan kulishadi. Va tengdoshlari orasida o‘zlari ham shunday ahvolga tushib qolmaslik uchun ko‘proq mashq qilish harakatiga tushishadi. Shoirning maqsadi ham shu: hayvonlar obrazidan foydalanib, kichkintoylarda uchrab turadigan kamchiliklarni beozor kulgi ko‘magida tuzatish. 

Turkumdan o‘rin olgan “Qurumsoq” she’ridagi “qalamim odosh bo‘ladi” deb yozmaslikni bahona qilgan Mirsalim, “Ogohlantirish” she’ridagi tushida holva ko‘rsa, ber deb g‘alva ko‘taradigan ukasini ogohlantirgan Ravshan, “Achinish” she’ridagi loyga botgan ukasi tufayli kalishi iflos bo‘lishidan xavotirlangan aka kechinmalari ham aynan kichkintoylar ruhiyatiga mos kulgili holatlardir. 

O‘z turkumlarida shoir “xushmuomala kulgi” yordamida bolalar tabiatidagi sho‘xlik, uquvsizlik, yolg‘onchilik, taqlidchilik, maqtanchoqlik, dangasalik, qizg‘anchiqlik kabi individual xususiyatlarni o‘zlariga oyna qilib ko‘rsatadi. Ularga voqelikka nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishni, zukkolikni, tafakkur qilishni o‘rgatadi. Shu tariqa uning she’rlari shunchaki ko‘ngillarga vaqtinchalik zavq ulashuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi vositalar emas, yosh avlod ma’naviy tafakkurining o‘sishiga, ularning badiiy so‘z qudratini his qilishiga, donishmand xalq qadriyatlari bilan birga yangi dunyo, yangi davr global hayot tarzini teran anglashiga yordam beruvchi ma’naviy ko‘makchiga aylanadi. 

Bunday ma’naviy ko‘mak bugungi avlod uchun har qachongidan ham muhim. Bu jarayonda “Yoshlar kitob o‘qimaydi, ular uchun yozishdan nima naf?” degan fikrga borish noo‘rin. Zero, yaxshi kitob o‘z o‘quvchisini albatta topadi. O‘z izlanishlari bilan kichkintoylarning katta qalbli do‘stiga aylana olgan Anvar Obidjon ijodi buning yorqin dalilidir.     

Aziza Qobilova, 

Buxoro davlat universiteti 

mustaqil izlanuvchisi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichkintoylarning katta qalbli do‘sti