Urganchda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etgan seminar- treningda ana shu savolga javob berildi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. 

Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. 

– Davlatimiz rahbarining ushbu qarorida elektron do‘kon vositasidagi davlat xaridlarida xodimlarining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar yoki yoshlar bo‘lgan kichik tadbirkorlar takliflariga ustunlik berilishi belgilangan, – deydi viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Murod Ochilov . – Shuningdek, davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan shartnomalarni hamda tender savdolari natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnomalarni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi belgilandi. Bundan tashqari, har yil yakuni bo‘yicha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari o‘tkaziladi. Shuningdek, endilikda Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash hamda xomashyo va materiallarni bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmagan miqdorda sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari davlat xaridlarida qanday qo‘llab-quvvatlanadi?