Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida hozirga qadar 342,6 milliard so‘mlik 52 loyiha ishga tushirilib, 1 ming 491 yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2018 yilda 1,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 48,9 milliard so‘mni tashkil etdi. 195,75 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi.

Bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, foydalanilmayotgan, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonalarni tashkil etishda kichik sanoat zonalarining o‘rni katta. Chunki bu yerda zarur sharoitlar mavjud.

– Direksiya tomonidan mavjud kichik sanoat zonalari muhandislik- kommunikatsiya tizimi samaradorligini oshirish, hududlarga eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi loyiha tashabbuskorlarini jalb etish, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka turib, loyihalarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi uchun yaqindan ko‘maklashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi viloyat hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi rahbari Shokirjon Ahmedov. – Hozirgi kunda viloyatda umumiy maydoni 107,2 gektar bo‘lgan 14 kichik sanoat zonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018 yil fevral oyidan 2019 yilning iyun oyiga qadar tashkil etilgan viloyat erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tender komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlar asosida ularda 847,8 milliard so‘mlik umumiy qiymatga ega bo‘lgan 112 loyiha joylashtirildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda 4 ming 541 yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan shahar va tumanlardagi barcha kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari tugatilib, ular viloyat kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi tasarrufiga birlashtirildi.

Tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirishga oid ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqildi. Bu jarayonda kichik sanoat zonalaridagi mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati va quvvatiga ham alohida e’tibor qaratilib, zaruriyatga ko‘ra qo‘shimcha tabiiy gaz, yuqori quvvatli elektr energiya tarmog‘i tortish, yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatish, shuningdek, suv ta’minoti tarmog‘ini tortish va suv minorasini o‘rnatish, ichki va tashqi yo‘llarni ta’mirlash kabi vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish belgilandi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan orqada qolayotgan tuman va shaharlarda yangi kichik sanoat zonalari tashkil etish maqsadida ushbu hududlar salohiyati, raqobatdagi ustuvor yo‘nalishlari, tabiiy va mehnat resurslari, tadbirkorlik muhiti o‘rganib chiqildi. Hududlarda ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlar tomonidan istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish maqsadida qo‘shimcha 24 kichik sanoat zonasini tashkil etish yuzasidan taklif berildi.

Viloyatdagi kichik sanoat zonalarida qo‘shimcha muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, qo‘riqlash va yoritish tizimi samaradorligini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoit yaratish borasida direksiya mablag‘lari hisobidan ham bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan “Quvasoy” kichik sanoat zonasida 1 kilometr ichki suv va gaz tarmog‘i, 800 metr ichki elektr quvvati tarmog‘i tortildi. 2 kilometrdan ziyod ichki yo‘llar ta’mirlandi, hudud to‘la yoritish va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlandi. Ko‘rgazmalar zali tashkil etilib, bino to‘liq ta’mirlandi. “Farg‘ona mexanika” kichik sanoat zonasi hududida to‘liq yoritish qurilmalari va kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Tadbirkorlar va ishchi xodimlar uchun oshxona, savdo do‘koni tashkil etildi. Hududda obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Suv, gaz va elektr tarmoqlari yetib bormagan ichki hududlarga kommunikatsiya tarmoqlari tortildi. Shuningdek, Dang‘ara, Furqat, Yozyovon tumanidagi kichik sanoat zonalari hududida ichki yo‘lsozlik
ishlari amalga oshirildi. Marg‘ilon shahridagi “Navro‘z” va “Nadirmat” kichik sanoat zonalarida qo‘shimcha gaz va suv tarmoqlari tortish loyihalashtirildi. Marg‘ilon shahridagi kichik sanoat zonalarida elektr energiyasida bo‘lib turadigan uzilishlarga chek qo‘yilib, bir maromda ta’minlanmoqda.

Marg‘ilon shahridagi “Navro‘z” kichik sanoat zonasida 15 loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 5 loyiha bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu yerdagi “Al safo Marva” va “Abdu Siddiq baraka” xususiy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan atlas, adras va baxmallar respublikamiz ichki bozorlarining bezagi sanalib, xaridorgir bo‘lmoqda. “Nadirmat” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “Seniorita” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bejirim charm-poyabzal mahsulotlari, “Saxovat biskvit” oilaviy korxonasining pechene, vafli va shirinliklariga qo‘shni davlatlarda ham talab yuqori.

Farg‘ona shahrida joylashgan “Farg‘ona mexanika” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 335,3 milliard so‘m bo‘lgan 21 loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 ming 776 yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda umumiy qiymati 33,9 milliard so‘mlik 6 loyiha amalga oshirildi. “Ferghana wonderland textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshlaganiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, sifatli mahsulotlari bilan ichki bozorda o‘z xaridorini topdi.

– Bu yerda biz uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi jamiyat rahbari Akmal Sobirov. – Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 2,5 milliard so‘mlik loyihani amalga oshirdik. Hozirda 50 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Mahsulotlarimizni eksport qilish bo‘yicha ham ish olib borayapmiz.

“Fer Anter Carpets” mas’uliyati cheklangan shaklidagi o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi ham yangi yildan mahsulot ishlab chiqara boshladi. Bu yerda tayyorlanayotgan turli hajmdagi gilamlar jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, “Dolina mebel servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati xalqimizga manzur bo‘ladigan mebel mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Buning uchun Germaniyaning zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda.

“Forestcolor” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ham istiqbolli loyiha ishga tushirilib, ichki va tashqi bozor talablari asosida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

– Yurtimizda biz, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilayapti, – deydi jamiyat rahbari Rashid Shomatov. – Biz bu imkoniyatga javoban mazkur loyihani joriy etdik. “Mikrokreditbank” ATB Farg‘ona viloyati filiali bizga ko‘makdosh bo‘lib, 300 ming AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Buning evaziga zamonaviy dastgohlar sotib olib, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishdik.

Albatta, bu kabi ishlar nafaqat shaharlarda, chekka hududlarda ham davom etmoqda. Dang‘ara, Furqat, Qo‘shtepa, Yozyovon, O‘zbekiston, Quva tumanlarida ham yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. Bu esa sanoat salohiyatini yanada oshirish imkoniyatini bermoqda. Shuningdek, kichik sanoat zonalaridan loyihalar joylashtirilmagan 31,2 gektar bo‘sh yer maydonlari joriy yil birinchi choragida belgilangan tartibda 130 lotga ajratilib, ma’muriy kengash tenderi asosida ushbu lotlarga import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Mazkur hududlarga eksportbop, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi loyiha tashabbuskorlarini jalb etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida bu hududlarda biznes yuritish istagida bo‘lgan tadbirkorlar soni kun sayin oshib bormoqda. Ulardan istiqbolli takliflar va murojaatlar kelib tushmoqda. Bo‘sh turgan lotlar va yangitdan tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan kichik sanoat zonalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali ularga batafsil ma’lumot berib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik sanoat zonalari qanday ishlamoqda?