Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgani sababli oilasidan olingan bolalarni muqobil joylashtirish shakllarini takomillashtirish hamda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash maqsadida bir qancha zaruriy vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, joriy yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etilmoqda.   

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Toshkent shahrida 30-son Mehribonlik uyi filiali sifatida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirishning yangi shakli Kichik hajmli bolalar uyi ochildi. Mazkur Kichik hajmli bolalar uyida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning boshqa shakllaridan farqi turli ehtiyojlarga ega, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalar oilaga o‘xshash muhitda birgalikda tarbiyalanadi.   

Ushbu Kichik hajmli bolalar uyi (Small Group Home) modeli rivojlangan davlatlarda uzoq vaqt samarali qo‘llanilgan. Hozirda 200-250 nafar bola tarbiyalanayotgan Mehribonlik va Muruvvat internat muassasalarida bolalar uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilgan bo‘lsada,  har bir bolani individual yondashuv asosida tarbiyalash imkoni yo‘q. Kichik hajmli bolalar uyida bolalar soni ko‘pi bilan 9-10 nafar bo‘lib, kun davomida tarbiyachilar ular bilan birga bo‘lishadi. Bu yerda har bir bolaga individual yondashish hamda mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bilan birga, oila muhitida ulg‘ayish va oilaviy qadriyatlar asosida tarbiyalanish imkoniyati yaratilmoqda.   

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2025 yil 1 fevraldan oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi, 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik hajmli bolalar uyida oilaga o‘xshash muhit bo‘ladi