Joriy yilning 17 sentyabr kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg va tarjimon Abdulla Qahhor tug‘ilgan kuni munosabati bilan bir guruh ijodkorlar yozuvchining Adiblar xiyobonidagi haykali poyiga gul qo‘yib, Qahhor asarlarining adabiyotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritdilar.
Toshkent shahar Yakkasaroy tuman hokimligi, Madaniy meros agentligi tizimidagi Abdulla Qahhor uy-muzeyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Abdulla Qahhor uy muzeyida "Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis" nomli adabiy, ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorovaning birgalikda yashagan hayot va ijod yo‘llari to‘g‘risida so‘zlovchi "Chorak asr hamnafas" kitobining uchinchi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Kibriyo Qahhorovaning adib bilan o‘tkazgan 25 yillik hayotining eng sohir lahzalari haqida hikoya qilinadi.
Ushbu tadbir Abdulla Qahhor hamda Kibriyo Qahhorovaning adabiy merosini yetishib kelayotgan yosh avlodga yetkazish va keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan ishtirokchilar har ikki ijodkorning adabiyotga qo‘shgan munosib hissasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TklFJdpBvWE?si=EzTE2QlUhnMx4WtA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov(video), O‘zA