Respublikamiz bo‘ylab boshlangan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” fuqarolarni ogohlikka undash, internetdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber-month” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda videoselektor shaklida viloyatning barcha shahar va tuman hokimliklaridagi mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

– Hozirgi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalarni ko‘rishimiz mumkin. Ushbu soha rivojlangani sari bundan g‘arazli maqsadda foydalanuvchilar ham ortib bormoqda, – deydi Respublika IIV Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Muhammadbobur Sodiqov. – Bugungi kunda barcha hududlarda sodir etilayotgan jami jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar keskin oshib bormoqda. Jumladan, Namangan viloyatida 2024 yilning besh oyi davomida kibermakondagi jinoyatlar 2023 yilning shu davriga nisbatan 38 foizga ortib ketgan. Jinoyatlar oqibatida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdori ham 3,5 barobarga o‘sgan.  

Tadbirlarda tibbiyot va mahalla tizimlari, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, jurnalist hamda blogerlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida aholini kibertahdidlardan ogohlantirishga qaratilgan turli sovrinli ko‘rik-tanlovlar tashkil etiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberxavfsizlik oyligi boshlandi