Kibersportchilarimiz Osiyo o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarildi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi kibersport bo‘yicha ilk medaliga ega bo‘ldi.
Aniqrog‘i, kibersport bo‘yicha o‘tgan futbol bahslarida ishtirok etgan Abubakr Iminjanov va Farrux Mirhamidov yarim final bahsida ishtirok etib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi. Bu natija mamlakatimiz vakillarining Osiyo o‘yinlarida kibersport bo‘yicha qo‘lga kiritgan birinchi medali bo‘ldi.
Ayni damga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA