Korrupsiyaviy jinoyatlar haqida gap ketsa, ko‘z oldimizga porani konvertda olayotgan mansabdor shaxs gavdalanar edi. Ammo taraqqiyot, ayniqsa, raqamli dunyoda korrupsiyaviy jinoyatlarning shaklu shamoyili ham o‘zgardi. Kiberkorrupsiya atamasi paydo bo‘lganining o‘zi ko‘p narsani anglatadi.

Xo‘sh, kiberkorrputsiya qanday sodir etilmoqda, unga qarshi kurashish choralari ishlab chiqildimi? Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar doktori, professor Islombek RUSTAMBEKOV bilan shu haqda suhbatlashdik. 

– Kiberkorrupsiya – an’anaviy korrupsiya va raqamli texnologiyalar kesishmasida paydo bo‘lgan nisbatan yangi hodisa. Oflayn dunyodagi klassik poraxo‘rlikdan farqli o‘laroq, kiberkorrupsiya elektron to‘lovlar, onlayn tenderlardagi firibgarliklar, kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda sodir etilayotgan o‘g‘riliklardir.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining korrupsiyadan ko‘radigan yillik zarari 2,6 trillion dollarga yetadi. Bu mablag‘larning katta qismi raqamli kanallar orqali o‘tkaziladi. 

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun bilan, kiberxavfsizlik masalalari esa, 2022 yil 15 apreldagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinishi bu muammolarning davlat darajasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ta’kidlaganidek, korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siqdir. 

Keyingi yillarda mamlakatimizda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilindi va yangi tizim yaratildi: parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar tuzildi, Milliy kengash va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Davlat xizmatlari va biznes jarayonlarini raqamlashtirish shaffoflik va nazoratni ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, fuqarolarning mansabdor shaxslar bilan bevosita aloqasini kamaytiradigan va shu orqali pora talab qilish ehtimolini pasaytiradigan elektron davlat xizmatlari portallari ishga tushirildi. 

Korrupsiyaviy sxemalarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan barcha harakatlarni avtomatik ravishda qayd etuvchi elektron xarid va tender tizimlari joriy etilgan. Shuningdek, davlat mulkini hisobga olish va mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritilgan ma’lumotlarning o‘zgarmasligini ta’minlovchi blokcheyn texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Fuqarolarning shikoyat va murojaatlarini qabul qilib, ehtimoliy qonunbuzarliklarga tezkor munosabat bildirish imkonini beruvchi onlayn portallar faoliyat yuritmoqda.

«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi va texnologiyalar ushbu tamoyilni amalda ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.

O‘zbekistonda raqamlashtirish natijalari e’tiborga loyiq. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ta’kidlanganidek, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani, saylov va tender tizimlari raqamlashtirilgani, sog‘lom raqobat muhiti yaratilgani natijasida o‘tgan yili 14 trillion so‘m byudjet mablag‘lari tejaldi. Elektron davlat xizmatlari soni 15 barobarga ko‘payib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvchilar soni esa 11 milliondan oshdi.

– Korrupsiyani aniqlash va oldini olishda sun’iy intellekt qanday o‘rin tutadi? 

– Sun’iy intellekt bu borada kuchli hamkor bo‘la oldi. Chunki bu tizim bir qator muhim afzalliklari tufayli korrupsiyaga qarshi kurashda samarali vositaga aylanmoqda.

Sun’iy intellekt ulkan hajmdagi ma’lumotlarni – millionlab tranzaksiyalar, hujjatlar, shartnomalarni tahlil qilib, inson payqamasligi mumkin bo‘lgan g‘ayrioddiy holatlarni aniqlaydi. Masalan, sun’iy intellekt davlat xaridlarida shubhali qonuniyatlarni aniqlashga qodir: bir xil kompaniyalarning takroriy g‘alabalari yoki narxlarning bozor narxlaridan sezilarli darajada farqlanishi.

Mashinali o‘rganish tizimlari loyihalar, tashkilotlar yoki ayrim amaldorlar uchun «xavf profillari»ni shakllantirish orqali korrupsiya sxemalari yuzaga kelishi ehtimolini bashorat qiladi. Bu esa, tekshiruvlarni eng zaif sohalarga yo‘naltirish imkonini beradi.

Sun’iy intellekt – tekshiruv va audit o‘tkazishda inson omilini minimallashtiradi. Algoritmlar aniq qoidalar asosida ishlaydi, bosimga uchramaydi va til biriktirmaydi. Bu «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi nazarda tutilganligi nuqtai nazaridan juda muhimdir.

Banklar va moliya institutlari uzoq vaqtdan beri shubhali tranzaksiyalarni aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanib kelmoqda. Bunday tizimlar davlat tuzilmalarida ham joriy etila boshlandi. Masalan, byudjet xarajatlarini nazorat qilish uchun. Tizim shubhali to‘lovlarni avtomatik ravishda qayd etadi: ish vaqtidan tashqari yirik pul o‘tkazmalari, davlat shartnomasi olinishidan biroz oldin ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga to‘lovlar va boshqalar.

Misol uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda barcha banklar 100 million so‘mgacha iste’mol kreditlarini inson aralashuvisiz 5 daqiqada onlayn taqdim etmoqda. Natijada ilgari bunday arizalarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullangan minglab bank xodimlari endilikda mahallalarda ishlab, loyihalar va kredit dasturlarini taklif etmoqda. Bu esa, mijozlar bazasini kengaytirishga yordam beradi va, shu bilan birga, ehtimoliy korrupsiya xavfini bartaraf etadi.

Sun’iy intellekt tender shartlaridagi raqobatni asossiz cheklaydigan talablar nuqtai nazaridan uni tahlil qilishga qodir. Misol uchun, agar tender hujjatlarida faqat bitta kompaniya mos keladigan o‘ta maxsus talablar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu korrupsiyaviy sxemadan dalolat berishi mumkin.

O‘zbekiston Prezidentining tashabbusiga muvofiq, davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha maxsus Ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ilg‘or tajribalar asosida xarid qilinayotgan tovar va xizmatlar narxini bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20 foizdan oshirmasdan nazorat qilish imkonini beradigan elektron platforma ishlab chiqilmoqda.

– Sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq muammolar ham bormi? 

– Sun’iy intellektdan foydalanish katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni talab qiladi. Bu esa, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining buzilishiga olib kelishi mumkin. «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi va «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunlarda ko‘zda tutilganidek, korrupsiyaga qarshi choralarning samaradorligi va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarur.

Sun’iy intellekt xatolardan xoli emas. Algoritmlar mavjud noxolisliklarni takrorlashi yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilishi ham mumkin. Sun’iy intellektdagi «qora quti» muammosi shuni anglatadiki, ba’zida hatto ishlab chiquvchilar ham tizim nima uchun u yoki bu xulosaga kelganini tushuntira olmaydi.

– Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba haqida nima deya olasiz? 

– Estoniyada e-Estonia elektron hukumat tizimi ma’lumotlarni himoya qilish va korrupsiyaning oldini olish uchun blokcheyndan foydalanadi. Janubiy Koreyada KONEPS elektron xaridlar tizimi milliardlab dollarni tejash va bu sohadagi korrupsiyani sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.

Ehtimol, kiberkorrupsiyani butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘qdir, ammo sun’iy intellekt texnologiyalari uning ko‘lamini sezilarli darajada kamaytirishi va korrupsiyaviy sxemalarni yanada xavfli va kamroq daromadli qilishi mumkin.

Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun aholining raqamli savodxonligini oshirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash zarur. Bu «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning ushbu sohada ta’lim va o‘qitishni nazarda tutuvchi uchinchi bobiga mos keladi.

Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar kiberkorrupsiyaga qarshi kurashishda kuchli vosita ekanini inkor qilib bo‘lmaydi. U shaffoflikni oshiradi, qoidabuzarliklarni aniqlashni osonlashtiradi va korrupsiya sxemalarining yashovchanligini pasaytiradi. 

Biroq texnologiyalar o‘z-o‘zidan universal yechim emas – ular qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik va fuqarolarning faol ishtirokini o‘z ichiga olgan keng qamrovli strategiyaning bir qismi bo‘lishi lozim.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi faol kurashish va zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, sun’iy intellektni joriy etish natijasida aholining huquqiy ongi o‘sadi va jamiyatda shaffof va adolatli jamiyat barpo etishning asosiy omili bo‘lgan korrupsiyaga nisbatan murosasizlik shakllanadi.

O‘zA muxbiri Norgul Abduraimova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberkorrupsiyaga sun’iy intellekt orqali to‘siq qo‘yish mumkinmi?