Bu tartib haqida O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.
Qarorda shu bilan birga, bundan keyin kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boshqa shaxsiga doir ma’lumotldaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari o‘rnatiladi.
Kiberjinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida axborot tizimidagi zaifliklar va kamchiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxatini ommaga e’lon qilish hamda aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA